O‘zbekiston tarixiga oid noyob eksponatlar ilk bor Britaniya muzeylarida namoyish etiladi
Britaniya muzeylarida ilk bor VII asrda yaratilgan olti metr uzunlikdagi monumental devoriy surat, shuningdek, VIII asrga oid fil suyagidan yasalgan dunyodagi eng qadimgi shaxmat doskasi kabi Samarqand muzeylari kolleksiyalaridan namunalar namoyish etiladi.
Britaniyaning nufuzli The Guardian gazetasida "Asr ko‘rgazmasi: O‘zbekistondan Londongacha bo‘lgan Ipak yo‘li" sarlavhali maqola e’lon qilindi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, nashrda Britaniya muzeylarida ilk bor VII asrda yaratilgan olti metr uzunlikdagi monumental devoriy surat, shuningdek, VIII asrga oid fil suyagidan yasalgan dunyodagi eng qadimgi shaxmat doskasi kabi Samarqand muzeylari kolleksiyalaridan namunalar namoyish etilishi ta’kidlagan.
Ma’lum qilinishicha, eksponatlar joriy yilning sentabr oyida ochiladigan ko‘rgazma uchun qadimiy Samarqand shahridan Britaniyaga yetkaziladi. "Tarixda birinchi marta O‘zbekiston muzeylaridagi eksponatlar Britaniyaga keltirilmoqda", deyiladi maqolada.
Qayd etilishicha, ushbu ko‘rgazmada 300 dan ortiq eksponatlar 29 ta milliy va xalqaro muassasalar tomonidan taqdim etiladi.
"Tuya, ot va fil minayotgan odamlar tasvirlangan olti metrli devoriy surat Samarqanddagi muzeyning "Elchilar zali"da joylashgan. 660 yillarga oid va 1960 yillarda topilgan ushbu qadimiy surat mintaqada yirik savdogarlar bo‘lgan qadimgi sug‘dlar tomonidan yaratilgan noyob san’at namunasidir", – deya ta’kidlagan The Guardian.
Maqolada, shuningdek, 2025 yilning fevraliga qadar davom etadigan ushbu ko‘rgazma chiptalari yaqin kunlarda sotuvga chiqarilishi xabar qilingan.
Mavzuga oid
15:20 / 14.11.2024
O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar Britaniya bozoriga eksport qilinadi
13:07 / 09.11.2024
Qozog‘iston Britaniya sanksiyalariga duchor bo‘lgan kompaniyalari haqida izoh berdi
17:59 / 08.11.2024
Britaniyada erkak gazli ichimliklarga qaramlikdan qutulish uchun gipnozdan foydalandi
09:05 / 07.11.2024