Buyuk Britaniyaning Marlou şahrida yaşovçi erkak Dr Pepper gazli içimligiga oyiga 250 funt sterling, ön yil davomida esa taxminan 30 ming funt sterling sarflagan, deb yozmoqda Daily Mail. Tom Boui içimlikka bölgan qaramlikdan qutuliş uçun hatto gipnozga murojaat qilişga majbur böldi.

Uning gazli içimliklarga işqibozligi tuşlikda bir şişa içişdan boşlangan.

“Keyinçalik, hamkasblarim bilan kun davomida uni sotib oladigan böldik. Gazli içimliklarni iş joyim yonidagi qahvaxonadan olib kelişardi, u yerda içimliklar avtomati ham bor, şuning uçun xohlagan paytimda ularni sotib olişim mumkin edi. Men hatto faqat gazli içimlik içaverib, suv içişni töxtatganimni ham sezmay qoldim”, — deb eslaydi Tom Boui.

U gazli içimliklarni quti-quti sotib olar va ularni zaxiraga ğamlab qöyardi. Tom Boui semirib ketayotganini, qorni doim dam bölib, tişlarida muammo paydo bölganini payqadi. Erkak stomatologga murojaat qilganda, şifokor bemorning tiş emalida yemiriliş darajasi deyarli 70 yoşli odamnikidek ekanini qayd etdi.

Tom Boui farzandlarini öylab, gazli içimliklardan voz keçişga qaror qildi, çunki uning katta qizi içimlik söraşni boşlagandi. Zararli odatini tark etgaç, u vazn yöqotdi: hozir u gazli içimliklarga qayrilib ham qaramaydi.

Avvalroq Harvard jamoat salomatligi maktabi olimlari gazlangan içimliklarni iste’mol qiliş bilan boğliq tadqiqot natijalarini e’lon qilgandi. Tadqiqot iştirokçilarining 9252 nafari ayollar, 3519 nafari erkaklar edi. Tajribaning har bir iştirokçisida ikkinçi turdagi qandli diabet aniqlangan: ba’zilarda tadqiqot boşida, qolganlarida tadqiqot davomida.

Ular har ikki yilda bir marta sun’iy şirinlaştirilgan içimliklar, meva şarbati, qahva, çoy va sigir sutini qançalik tez-tez iste’mol qilgani töğrisida hisobot berişlari lozim edi.

Aniqlanişiça, gazli içimlik, meva şarbati va limonadni muntazam ravişda iste’mol qilganlarda qandli diabet va yurak-qon tomir kasalliklaridan ölim ehtimoli ança yuqori bölgan. Kunlik qöşimça porsiya iste’mol qiliş ölim xavfini 8 foizga oşirgan. Kuniga bir porsiya gazlangan içimlik örniga bir finjon qahva içiş esa yurak-qon tomir kasalliklaridan ölim xavfini 20 foizga kamaytirgan.

Şu bilan birga, qahva ham organizmga zarar yetkazişi mumkin. Kofein markaziy nerv sistemasiga ta’sir körsatadi, bu esa turli individual reaksiyalarni keltirib çiqaradi. U oşqozon devorlarini zararlaşi, bezovtalik va asabiylikni kuçaytirişi, uyqu sifatiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin.