Ozarboyjon prezidenti Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba bayramida ishtirok etmaydi
Bayram tantanalarida Ozarboyjon nomidan mamlakat mudofaa vaziri va 75 nafar harbiy xizmatchi ishtirok etadi.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatda karantin uzaytirilganligi sababli Moskvada 24 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan G‘alaba bayramida qatnasha olmaydi. U bu haqda Rossiya prezidentiga telefon orqali muloqotida ma'lum qilgan.
"18 iyun kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qildi. Davlat rahbari respublikada karantin choralari uzaytirilganligi sababli Moskvada G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan harbiy paradda qatnasha olmasligini afsus bilan ma'lum qildi", - deyiladi Ozarboyjon prezidenti matbuot xizmati xabarida.
Xabarda qayd etilishicha, bayram tantanalarida Ozarboyjon nomidan mamlakat mudofaa vaziri va 75 nafar harbiy xizmatchi ishtirok etadi.
Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan 24 iyun kuni Moskva shahrida o‘tadigan G‘alaba bayramida ishtirok etish uchun Rossiyaga safar qilishi haqida xabar berilgandi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning jurnalistlarga ma'lum qilishicha, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Moldova, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Serbiya va Xorvatiya davlati rasmiylari joriy yil tashkil etilayotgan G‘alaba bayramida ishtirok etishini tasdiqlagan.
Ma'lumot uchun, Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabadan so‘ng, sobiq SSSRda G‘alaba bayrami ilk marta 1945 yil 24 iyunda nishonlangan edi. Shundan so‘ng bayram 1965 yilgacha nishonlanmagan.
Mavzuga oid
15:17 / 01.01.2025
«Boku Moskva bilan oldingi munosabatlarda qolmaydi» – ekspertlar Oqtovdagi fojia oqibatlari haqida
16:04 / 31.12.2024
El Al kompaniyasi Moskvaga parvozlarni mart oxirigacha to‘xtatdi
11:24 / 30.12.2024
Asl do‘stlik va birodarlik mana shunday bo‘ladi – Aliyev Qozog‘istonga minnatdorlik bildirdi
19:12 / 29.12.2024