Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Ozarboyjon televideniyesiga Azerbaijan Airlines samolyotining halokati böyiça bergan intervyusida Qozoğistonga minnatdorlik bildirdi.
«Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayevga minnatdorlik bildiriş uçun qönğiroq qildim. Çunki hodisa sodir bölişi bilanoq qozoğistonlik qutqaruvçilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, samolyot fyuzelyajidan odamlarni olib çiqişga kirişganini bildik. Ular hayotini xavf ostiga qöyişdi. Çunki ular yana portlaş böladimi yoki yöqmi, bilişmasdi. Çunki samolyotning bir qismi yonayotgandi va bu qismi ham yonib ketişi mumkin edi. Ammo, şunga qaramay, ular haqiqiy qahramonlik körsatdilar. Ayni paytda tibbiyot xodimlarining faoliyati ham juda qadrli böldi. Çunki jarohatlangan yölovçilar zudlik bilan tibbiy markazlarga yetkazildi va buning uçun prezident Töqayevga öz minnatdorligimni bildirdim», dedi Aliyev.
Ozarboyjon rahbari qozoğistonliklarning fojiaga bildirgan munosabatlaridan ta’sirlanganini aytib, bu haqiqiy döstlik va birodarlik ekanini aytdi.
«Qozoq qardoşlarimiz birdamligining namoyon bölişi Ozarboyjon xalqi qalbida katta iz qoldirganini bilaman. Oddiy fuqarolar Oqtovdagi konsulligimizga kelib, gul qöyişdi, öz his-tuyğularini izhor qilişdi, biz bilan birdamlik izhor qilişdi. Haqiqiy döstlik va birodarlik mana şunday böladi», dedi Aliyev.
Ilhom Aliyev aviahalokat sabablarini aniqlaş böyiça xalqaro ekspertiza tergovi zarurligini, Qozoğiston tarafi buni qabul qilganini ta’kidladi.
«Prezident Töqayev bilan suhbat çoğida men Ozarboyjonning tergov böyiça pozitsiyasini ham bayon qildim va biz xalqaro ekspertiza tarafdori ekanimizni, buni MDH Davlatlararo aviatsiya qömitasi ixtiyoriga qöyib bölmasligini aytdim. Bu pozitsiyamiz tuşuniş bilan kutib olindi. Tabiiyki, davlat idoralarimiz vakillari, komissiya a’zolari va rahbarlari, prokuratura vakillari doimiy aloqada bölib turibdi. Qozoğiston öz navbatida Davlat komissiyasini tuzdi va bu haqda prezident Töqayev menga aytib berdi. Tabiiyki, ular ham masalani batafsil oçib berişni xohlaşadi va harakat qilişadi», dedi Aliyev.
Ozarboyjon prezidenti bu hodisadan keyin ikki davlat örtasidagi döstlik va birodarlik yanada mustahkamlanişini aytdi.
«Şu bilan birga, men ham prezident Töqayevga hamdardlik bildirdim, çunki aviahalokatda olti nafar Qozoğiston fuqarosi halok böldi. U ham menga hamdardlik bildirdi. Ya’ni, bu voqea qançalik jiddiy bölmasin, bu yana sinov masalasi ham edi. Ya’ni, bu sinovdan kim va qanday ötadi? Bu fojiaga qaramay, Qozoğistonda ham şunday fikr borligini körib turibman va bundan xursandman. Bu oğir vaziyatdan keyin döstligimiz, birodarligimiz yanada mustahkamlandi», dedi Aliyev.


















