Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga borishyapti?
2025 yilning 8 oyida qo‘shni Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistonga jami 4,1 mln nafardan ko‘proq o‘zbekistonlik borgan. Bu mamlakat fuqarolari jami safarlarining 80 foizini tashkil etadi. Shuningdek, yanvar-avgust oylarida o‘zbekistonliklarning Rossiyaga borishi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 60 foizga ko‘paygan.
2025 yilning dastlabki 8 oyida qariyb 5,2 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari chet elga safar qildi, deya xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslanganda 1,1 mln nafarga yoki 26,8 foizga oshgan.
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p safar qilgan TOP-10 davlat:
- Qirg‘iziston — 2,3 mln nafar (2024 yilning mos davrida – 1,9 mln nafar);
- Qozog‘iston — 956 ming nafar (640,2 ming nafar);
- Tojikiston — 887,9 ming nafar (797,6 ming nafar);
- Rossiya — 312,7 ming nafar (194,7 ming nafar);
- Turkiya — 181,7 ming nafar (157,7 ming nafar);
- Saudiya Arabistoni — 165,7 ming nafar (111,9 ming nafar);
- BAA — 94,2 ming nafar (81,4 ming nafar);
- Misr — 45,4 ming nafar (27,7 ming nafar);
- Vetnam — 28,5 ming nafar;
- Xitoy — 27,6 ming nafar;
- Boshqa davlatlar — 162,4 ming nafar.
Mavzuga oid
21:42 / 21.12.2025
O‘zbekistonda 9 oyda eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida tug‘ilgan
15:51 / 20.12.2025
Xorijlik tadbirkorlar asosan Toshkent shahri va viloyatini tanlamoqda
15:29 / 18.12.2025
Nikohlar statistikasi: sentabrda eng ko‘p nikoh qayd etildi
12:24 / 17.12.2025