Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadalik juftlikning nikoh marosimi mushuklar uchun boshpanada bo‘lib o‘tdi
Kanadalik Dominik Hasson va Luiza Veronno 1,1 ming mushuk qurshovida nikohdan o‘tdi. Bu haqda CBC xabar qildi.
Marosim AQSh Kaliforniya shtatidagi Cat House on the Kings mushuklar uchun boshpanada bo‘lib o‘tdi. Markazga 24 yil avval asos solingan. Jonivorlar bu yerda kataklardan ozod holda saqlanadi.
“Biz ikkalamiz ham jonivorlarni yaxshi ko‘ramiz. Bu uning yaxshi insonligini isbotlaydi. Mana, nima uchun unga uylanishni istaganman”, - so‘zlab berdi Hasson rafiqasi haqida.
Hasson va Veronno — ushbu boshpanada turmush qurgan birinchi juflikka aylandi.