O‘zbekiston | 16:47 / 17.11.2020
16131
1 daqiqa o‘qiladi

Alisher Maqsudov Ekologiya qo‘mitasi raisi etib tayinlandi

O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi tayinlandi. 

Qo‘mita xabariga ko‘ra, davlat rahbarining 2020 yil 16 noyabrdagi PF-6111-son farmoniga muvofiq Alisher Maqsudov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi sifatida ish boshladi.

Alisher Maqsudov 1974 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 2003 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

U 2017 yildan shu kunga qadar «O‘zpaxtasanoat» AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga 2020 yil martidan raislik qilgan Shavkat Abdurazzoqov shu yil sentyabrida Namangan viloyati hokimi lavozimiga tayinlangandi.

Mavzuga oid