Ekologiya qömitasining Çilonzor tumani Bunyodkor köçasi 7-a uyda joylaşgan (“Novza” masjidi yonida) binosi qurilişi 2020 yilda boşlangan. Öşa paytda qömitaga Şavkat Abdurazzoqov rahbarlik qilgan (u hozir Namangan viloyati hokimi), loyiha-smeta hujjatlari va xarajatlari öşa davrda tasdiqlangan.
Quriliş işlari uçun “Shuhrat Maksimal Servis” MÇJ tender asosida tanlab olingan. Bu MÇJ bir qança korxonalarni quriliş jarayoniga subpudratçi sifatida jalb etgan. Jumladan, binoga liftlar örnatiş va inşootning fasadini plastik panellar bilan qoplaş 2021 yilda tuzilgan, qiymati 500 hamda 235 millionlik şartnomalar asosida “Doston Akfa Plus” MÇJga topşirilgan.

“Doston Akfa Plus” rahbari Intizor Abdalniyozovaning aytişiça, rahbarlarning talabi va xarajatlarni qoplab berişi haqidagi oğzaki va’dasiga işonib, smeta hujjatlaridagidan ziyodroq xizmatlar körsatilgan.
“Men iş olib borgan davrda korxonada 3 ta rais almaşdi. Ularning birinçisi liftlarni tillarang qilib berişimizni söragan bölsa, yangisi kelib, metallrangga özgartirişimizni talab qildi. Ularning talabini bajarganmiz. Öşa paytda smetaga özgariş ham kiritilgandi. 2021 yilning oxirida Ekologiya qömitasi raisi foydalanadigan lift işga tuşirilgan. Ikkinçi lift ham 95 foiz qurib bitkazilgandi. Rais özgarsa, tadbirkor jabr körsin degan joyi yöq-ku.
Muammo şundaki, 2021 yildayoq işni 95 foiz tayyor holatda topşirişimga qaramay, bugungi kungaça uni mendan qabul qilib olişgani yöq. Tenderda yutgan, bizni yollagan quriliş korxonasi bankrotlik holatini e’lon qilgan. Sababi Ekoqöm “Shuhrat Maksimal Servis” MÇJga 9 mlrd söm pulini tölaşni paysalga solib kelmoqda. Şu sababli men ham şartnomada kelişilgan pulning 358 mln sömini ololmayapman.
Jabr körganlar faqat men emas. Ekologiya davlat qömitasi yoniga borsangiz, pulini ololmayotgan tadbirkorlar simyoğoçga terilib ötirgan quşlardek rahbarning yölini poylab ötirganini körasiz”, deydi tadbirkor.

Tadbirkor lift pulini vaqtida tölolmagani uçun yetkazib beruvçi taşkilot uni sudga berganini, bu haqda Ekologiya davlat qömitasiga yozgan 11 ta murojaatining birortasiga ham javob berilmaganini aytadi.
















