Toshkent viloyatida koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha 1960 o‘rinli shifoxona tashkil etilgan
Toshkent viloyatida koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha 1960 o‘rinli, 12 ta maxsus ixtisoslashgan shifoxona tashkil etilgan. Koronavirusga chalingan bemorlar uchun yana 4 mlrd 631 mln so‘m ajratildi. Bu haqda viloyat SSB boshlig‘ining o‘rinbosari Feruza Rahmatullayeva brifing vaqtida ma'lum qildi.
Shuningdek, koronavirus kasalligini davolashga mo‘ljallangan shifoxonalarda kislorod stansiyalarini montaj qilish va qo‘shimcha kislorod nuqtalarini o‘rnatish maqsadida 1 mlrd 128 mln so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratildi.
Hozirda shifoxonalarda 5221 nafar tibbiyot xodimlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan, shifokorlar 830 nafarni va o‘rta tibbiyot xodimlari 4391 nafarni tashkil etadi. Bugungi kunda 2424ta xonadonda 11 186 nafar fuqaro uy sharoitida karantinga olingan.
Mavzuga oid
10:36 / 06.09.2024
«Har bir xodimga kuniga 20 tagacha protokol» – Toshkent viloyatida YHXX xodimlariga majburiy «plan» qo‘yilmoqda
21:19 / 05.09.2024
Uchta viloyat chegarasiga o‘zgartirish kiritilmoqda
07:47 / 31.08.2024
Toshkent viloyatida ming yillik tarixga ega qabr topildi
18:20 / 24.08.2024