«Har bir xodimga kuniga 20 tagaça protokol» – Toşkent viloyatida YHXX xodimlariga majburiy «plan» qöyilmoqda
|15:36 / 06.09.202423 8579 min
Kun.uzʼga murojaat qilgan Yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimi qöpol qoidabuzarliklarni aniqlab, jarima yoziş böyiça xodimlarga majburiy «plan» qöyilayotganini bildirdi. YHXX xodimi jarimalar hisobidan ustamalar beriş tizimi ham özgarganini ta’kidlagan. Holatga izoh bergan vazirlik rasmiylari eski tizimdan voz keçilib, ma’muriy bayonnoma tuziş böyiça xodimlarga majburiyat belgilaş amaliyoti bekor bölganini ta’kidladi.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Kun.uz naşriga Toşkent viloyatida xizmat ötayotgan Yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimi tomonidan şikoyat kelib tuşdi. Uning ma’lum qilişiça, sönggi vaqtlarda xodimlarga jarima yoziş böyiça majburiy “plan” qöyilmoqda, jarimalar hisobidan beriladigan ustamalar miqdori 10 barobargaça kamaygan, çoraklik mukofot pullari esa berilmayapti. Ismi sir qolişini söragan xodim, da’volarining isboti sifatida Toşkent viloyatida xizmat ötayotgan JXX YHXB xodimlariga Telegram messenjeri orqali berilgan topşiriqlarni taqdim qildi.
Ma’lum bölişiça, xodimlarga avgust oyida – qöpol qoidabuzarlik, ya’ni mast holda yoki tegişli hujjatlarsiz avtomobil boşqariş, ruxsatsiz old oynalar tusini özgartiriş, sirenadan foydalaniş, rulda telefondan foydalaniş kabi qoidabuzarliklar uçun kuniga 10 tadan bayonnoma yoziş topşirilgan.
Telegram guruhda berilgan topşiriqda xar bir xodimga kuniga 20 tadan, ularning 10 tasi qöpol qoidabuzarliklarni qayd etiş, şuningdek 2 ta avtomobilni jarima maydonçasiga olib kiriş böyiça ham topşiriqlar berilmoqda.
Bundan taşqari «Toşkent vil IIBB YHXB ADX» profilidan «Otryad komandirlari va YXXB boşliklariga!» deya yuborilgan topşiriqda umumiy va qöpol qoidabuzarliklar 2023 yilga nisbatan 25 mingtagaça kamayib ketganiga «rahbariyat e’tiroz bildirgani» aytiladi.
«Şu sababli har bir xodim iş natijalarini nazoratga olib, asosan qöpol qoidabuzarliklarni aniqlaş işlari kuçaytirilsin. Xodimlar iş natijalarini har 4 soatda sörovni qilib turiş talab etiladi.
Iş natijalarini kötariş böyiça 601 çi ham şaxsan xar biringiz bilan gaplaşdi. Oldinda tadbirlar köpligini inobatga olib, 5-6 kun davomida iş natijalari kuçaytirilsin», deyiladi «rahbariyat» topşiriğida.
YPX xodimining ta’kidlaşiça, kun davomida “plan”lar berib, ularni bajarişni qattiq nazorat qilayotgan rasmiy şaxs – Toşkent viloyati IIBB JXX YHXB boşliği 1-örinbosari Sirojiddin Nazirxanov böladi. Telegram orqali yuborilayotgan şunday topşiriqlar ham aynan «S.N.Nazirxanov» profilidan uzatilayotganini köriş mumkin.
Foto:
Mavzuga oid
Toşkent viloyati YHXB boşliği 1-örinbosari Sirojiddin Nazirxanov
Sirojiddin Nazirxanov profilidan yuborilgan yana bir topşiriqda «AVTO PATRUL» reyd tadbiri bölişiga qaramay mast haydovçilar aniqlanmayotgani, skuterlar va velosipedlar, yölni kesib ötayotgan yoki bordyurdan sakrayotgan piyoda böyiça jarayonlar yuborilişi kerakligi haqida söz boradi.
Şuningdek, IIV JXD YHXXdan rahbarlarga kelgan «topşiriq»da esa xodimlar qöpol qoidabuzarliklarni aniqlaş bilan bir qatorda – muddati ötgan qarzdorliklarni undiriş va ularni vaqtinçalik jarima maydoniga joylaştiriş kerakligi aytilgan.
YHXX xodimlari uçun kelgan navbatdagi topşiriqda esa 5 va undan ortiq qoidabuzarlik sodir qilgan haydovçilar bilan yiğilişlar taşkil qiliş buyurilgan.
«Bugundan har bir YPX inspektori 5 nafar qoidabuzar haydovçini «mahalla yettiligi» bilan hamkorlikda muhokama yiğilişlarini taşkil etib, mahalla muhri tuşirilgan bayonnoma rasmiylaştirib, ulardan kelgusida YTHning oldini oliş maqsadida tilxat oliş çoralari körilsin. Amalga oşirilgan işlar va tegişli hujjatlar keç soat 20:00 ga qadar 9*-***-02-02 telefon raqamiga (pdf variantda) Telegram orqali taşlab berilişi lozim», deyiladi topşiriqda.
Xabarda mazkur topşiriq ijrosini bajarmagan rahbar va kuratorlarga qattiq intizomiy ta’sir çoralari qöllanişi ta’kidlangan.
YHXB örinbosari talab qilayotgan yana bir “plan” bu – yölning çap qatorida harakatlangan yuk maşinalari va eski transport vositalari böyiça qoidabuzarliklarni rasmiylaştiriş. Topşiriqda, agar YHXX xodimi xizmat olib borayotgan hududda şu kabi qoidabuzarliklar qayd etilmayotgan bölsa, özlari qidirib yurişini, «1 tadan rezultat berilganida ham, 20-40 atrofida» protokol bölişi aytilgan.
Kun.uz’ga murojaat qilgan YHXX xodimining yana bir şikoyati inspektorlarga iş haqiga qöşimça tölovlar tölanmayotgani va iş vaqti belgilangan me’yoridan oşib ketayotgani bilan boğliq.
«Doim köçada turib xizmat qilamiz, «serjant» unvoniga ega şunday inspektorlarning oyligi 7,3 million söm. Oldinlari har bir yozilgan protokolimizdan 10 foiz qismi bizga berilardi, şu bilan oylikka 4-5 million söm qöşilgan. Bu xodimlar yaxşi oylik olib, pora olmasligi uçun qilingan edi. Lekin, 1 yildan oşdi, qöşimça pulni yozgan protokolimizga emas, balki umumiy summa qilib qöydi. Endi oylikka qöşimça 300 mingdan 500 ming sömgaça olyapmiz. Bundan taşqari, 2022 yil 3-çorakdan buyon «kvartalniy» pulimiz ham berilmayapti. U [çoraklik mukofot puli – tahr.] taxminan 1,8 million söm atrofida edi.
Biz kun böyi – issiqda ham, sovuqda ham köçalarda xizmat qilamiz, lekin yozgan protokol pullarining bir qismi endi «kabinetniy otdel»ga ketyapti. Majburiy şunça qoidabuzar topasan, degan topşiriqlar ham juda köp. Masalan, mastlarni aniqlaysan, qayerdan bölsa ham top, deydi. Köçada mast haydovçi bölmasa, biz nima qilamiz?» – deydi ismi sir qolişini söragan xodim.
Bundan taşqari, xodim yetarli dam oliş uçun şaroitlar yöqligi sababli oilasi va bolalariga vaqt ajrata olmayotganini aytdi.
«Dam oliş grafiklari mavjud emas. Oila va bolalarimizga vaqt ajratiş uçun heç qanday şaroit berilmaydi. Toşkent viloyati 1-mintaqaviy hudud YPX otryadi komandiri podpolkovnik J.Mirzabekov har kuni majburiy 15-20 tadan iş natija söraydi. Yozmagan xodimdan iş joyini böşatib qöyişni talab qilmoqda, döq-pöpisa bilan».
Qonunçilik nima deydi?
2018 yil 9 iyuldan Vazirlar Mahkamasining Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini moddiy rağbatlantirişga doir qarori kuçga kirgan. Dastlab uşbu qaror bilan Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini rağbatlantiriş va mukofotlaş jamğarmasi taşkil qilingan. Jamğarmaning mablağlari asosan jarimalar summasining 10 foizi hisobidan şakllantiriladi. Bunga maxsus avtomatlaştirilgan foto va videofiksatsiya texnika vositalarida (radarlar orqali) qayd etilib, yozilgan jarimalar kirmaydi.
Hukumat qarori qabul qilingan paytdagi tahrirda«Jamğarma mablağlaridan faqat DYHXX xodimlarini har oy pul bilan mukofotlaş uçun foydalaniladi», – degan band bölgan.
Şundan söng, 2019 yil avgust oyida qarorga kiritilgan özgarişga muvofiq, jamğarmaning nomi «Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantiriş, xodimlarini rağbatlantiriş va mukofotlaş jamğarmasi»ga özgartiriladi.
Şuningdek, jamğarmani şakllantiriş manbalari qatoriga jarima summalarining 10 foizidan taşqari, «avtotransport vositalari oynalarining tusini özgartirişga (qoraytirişga) ruxsatnoma berişdan tuşadigan mablağlar» ham qöşiladi. Aniq neça foizi yozilmaganidan xulosa qiliş mumkinki, «tonirovka ruxsatnomasi» uçun tölovlarning 100 foizi şu jamğarmaga ketmoqda.
«Içki işlar organlari töğrisida»gi qonunning 30-moddasiga köra, içki işlar organlari xodimlari iş vaqtining davomiyligi haftasiga qirq soatdan oşişi mumkin emas. Bu degani 6 iş kunlik haftada, kuniga örtaça 7 soatdan, töğri keladi.
Şuningdek, qonunda, zarur bölgan hollarda içki işlar organlari xodimlari xizmatni ötaşga kuçaytirilgan yoki sutkalik rejimda jalb qilinişi, uşbu rejimda xodimlar kuniga iş vaqtidan taşqari davomiyligi tört soatdan oşmaydigan işlarga jalb qilinişi mumkinligi belgilangan.
Biz holatga izoh oliş uçun IIV JXD YHXXga xodim şikoyat qilgan masalalar böyiça savollar bilan murojaat qildik.
Mas’ullarning qisqa javobida “bugungi kunda eski tizimdan voz keçilib, ma’muriy bayonnoma tuziş böyiça xodimlarga majburiyat (plan) belgilaş amaliyoti bekor qilingani” aytiladi.
Ma’lum qilinişiça, IIVning tegişli buyruğiga asosan YHXX xodimlariga mahallalar kesimidagi mas’ullik hududi biriktirilgan. Mazkur buyruqqa asosan xodimlar mahalla raisi va boşqa faollari bilan hamkorlikda takroriy qoidabuzarlik sodir etgan haydovçilar bilan profilaktik suhbatlar ötkazişi belgilangan.
YHXX xodimlarning belgilangan iş vaqti va moliyaviy masalalar qonunçilikda belgilangan tartibda amalga oşirilişini bildirdi.
“Agar xodim huquqi poymol qilingan deb hisoblasa örnatilgan tartibda yuqori turuvçi rahbarlarga murojaat qilişlari mumkin”, - deyiladi IIV JXD YHXX tomonidan berilgan izohda.