Abdulla Aripov Qirg‘iziston bosh vaziri bilan uchrashdi
Tojikiston Respublikasiga amalga oshirgan amaliy tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammedkaliy Abilgaziyev bilan uchrashdi.
Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, xususan, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalar muhokama qilingan.
Bosh vazirlar qirg‘iz-o‘zbek hamkorligi barcha sohalarda jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Bu, asosan, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo ayirboshlash hajmining jiddiy o‘sishiga ta'sir ko‘rsatdi.
Bundan tashqari, hukumat rahbarlari mintaqalararo hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta'kidladilar va yaqin kelajakda Cho‘lpon-Ota shahrida Qirg‘iziston chegara viloyatlari vakolatli vakillari hamda O‘zbekiston chegaraoldi viloyatlari hokimlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olindi. Bu hududlararo to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni chuqurlashtirishga yangi turtki beradi.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024