O‘zbekiston | 00:35 / 17.01.2018
9374
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda kameralar bilan jihozlangan tergov xonasi ish boshladi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 aprel kuni «Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2898 sonli qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qarorning 6-bandi ijrosi yuzasidan Qashqadaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida so‘roq jarayonini stenografiya qilish, videokuzatuv, shuningdek tergov harakatlarini audio va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan maxsus xonalar tashkil etilib, tergovchilar tomonidan amaliyotda foydalanish yo‘lga quyildi, deb xabar beradi «Kun.uz»ga viloyat IIB axborot xizmati.

Maxsus xonalarni tashkil qilishda ilg‘or xorijiy tajribalar o‘rganib chiqilib, zamonaviy audio va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan.

Xonalarda viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tergovchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JPK talablari asosida protsess ishtirokchilari bilan videokuzatuv yordamida yuzlashtirish, tanib olish va boshqa tergov xarakatlari amalga oshirilib kelinmoqda.

 

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid