Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chitada istiqomat qiluvchi ayol "Alyonka" shokoladidagi qiz ekanligini da'vo qilib, 200 million rubl talab qildi
Chitada farrosh bo‘lib ishlovchi Yelena Anisina "Komsomolskaya pravda" gazetasi jurnalistlariga mashhur "Alyonka" shokoladida uning bolalikdagi surati tasvirlanganini bildirdi.
"Uch yoshligimda onam bilan ko‘chada ketayotgan edik, qarshimizdan muxbirlar chiqib qolishdi. Ular meni fotoapparatlarida bir necha marta rasmga olishdi, o‘sha payt o‘zim shiringina qizcha bo‘lganman, boshimda ro‘molcham ham bor edi". "Oyisi, qizingiz shokolad o‘ramqog‘ozida chiqadi", deb ketishgan.
Tovon puli sifatida ayol "Krasnyy Oktyabr!"dan 200 million rubl yoki 3 million dollar undirish niyatida, u shuningdek, ekspertizadan o‘tishga tayyor ekanligini bildirdi. Ma'lum bo‘lishicha, ayolning onasi bu voqeani eslay olmaydi, ammo ayolning o‘zi xotiralarining haqiqat ekanligiga ishonchi komil.
Aslida shokolad o‘ramqog‘ozida musavvir Nikolay Maslov tomonidan jurnalist Aleksandr Gerinasning qizi tasvirlangan, deya hisoblanardi. 2000 yilda Yelena Gerinas "Krasnyy Oktyabr!"dan 5 million rubl undirmoqchi bo‘lgan, biroq sud shokolad ustidagi qiz portretini mustaqil tasviriy san'at namunasi sifatida tan olgan.