Jahon | 20:40 / 12.04.2019
7052
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonlik diniy ulamolar armiyada xizmatdan bo‘yin tovlash og‘ir gunohligini aytdilar

Foto: Asia-Plus

Tojikiston yoshlarining harbiy xizmatdan bo‘yin tovlashi og‘ir gunoh hisoblanadi. Bunday bayonot bilan Tojikistonning Islom markazi ulamolari kengashi chiqdi. Ulamolar vatanga muhabbat musulmon kishining xudojo‘yligini ko‘rsatuvchi jihatlardan biri ekanligini aytishgan.

“Hozir mamlakatda qurolli kuchlar safiga bahorgi chaqiriq boshlandi. Vatanparvar yoshlarning bir qismi harbiy xizmatga o‘z fuqarolik burchini bajarish uchun boshni baland tutgan holda bormoqda, biroq muqaddas burchni bajarishdan bo‘yin tovlayotgan yoshlar ham bor”, deb ta'kidlangan bayonotda. 

Bayonotda, shuningdek, ota-onalar farzandlariga harbiy xizmatdan bo‘yin tovlashda yordam bermaslikka chaqirilgan. 

“Buning sodir bo‘lishiga yordam beradigan odamlar ham gunohga botadilar”, deb aytilgan xabarda.

Tojikistonda 1 apreldan bahorgi chaqiriq boshlandi va 31 maygacha davom etadi. Har yili mamlakat qurolli kuchlariga 15 mingga yaqin kishi harbiy xizmatga chaqirtiriladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid