Jamiyat | 17:38 / 03.05.2024
22272
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 1 yoshli qiz ustiga daraxt qulashi oqibatida halok bo‘ldi

Uni 55 yoshli enagasi bolalar aravachasida olib ketayotgan bo‘lgan. Chilonzor tuman prokuraturasi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.  

Chilonzor tumanida enagasi bolalar aravachasida olib ketayotgan 1 yoshli qizning ustiga daraxt quladi. Buning oqibatda bola voqea joyida halok bo‘lgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov «Gazeta.uz»ga xabar bergan.  

Ma’lum qilinishicha, holat 3 may kuni soat 11:50 atrofida tumanning 5-mavzesida sodir bo‘lgan. 55 yoshli enaga Ye.M. bolalar aravachasida 2023 yilda tug‘ilgan A.P.ni olib ketayotganida daraxt bosib qolgan. Oqibatda qizcha hodisa joyida vafot etgan.  

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.  

Mavzuga oid