Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikada dunyodagi eng chiroyli ot aniqlandi
AQShda dunyodagi eng chiroyli tulporni qayd etishdi. Daily Mail nashrining xabar berishicha, bu Prussiya qiroli sharafiga nomlangan Fridrix Buyuk laqabli friz tulpordir.
Gazeta otni "es-hushni oladigan darajada chiroyli" deb atagan. Uning boshqa otlardan farqli tomoni betakror yolidadir. Tulpor Pinnacle Friesians kompaniyasiga qarashli.

Fridrix Buyuk juda mashhur, uning feysbukda o‘z sahifasi bo‘lib, folloverlari soni 13 ming atrofida. Aksariyat kishilarning fikricha, dunyoda boshqa bunday ko‘rkam tulpor yo‘q. Manbaga ko‘ra, Fridrix Buyukning 2015 yilda tug‘ilgan toychog‘i undan qolishmaydi.
Bu tulpormi yoki asar qahramoni? Fridrix Buyukka qarab bu savolga javob berish qiyin.




Kunning eng asosiy va qiziq xabarlaridan tezkor ravishda xabardor bo‘lish uchun «Kun.uz»ning Telegram’dagi kanaliga a'zo bo‘ling.