Jamiyat | 10:44 / 21.02.2021
6247
3 daqiqa o‘qiladi

Olimlar tug‘ilajak boladagi autizm kasalligini onaning qoni tahliliga ko‘ra aniqlash mumkinligini aytishdi

Olimlar bolalarda autizm rivojlanish ehtimolini aniqlashning yo‘lini topishdi. Amalda autizm bor har beshinchi boladagi ruhiyat buzilishi onaning immun tizimi bola bachadondaligida uning miyasi hujum qilganida ro‘y beradi.

Foto: Getty Images

Autizm – bu rivojlanishning biologik tabiatga ega buzilishidir. U bilan kasallanish yo davolanish imkoni yo‘q. Odam rivojlanish buzilishi bo‘lgan shu narsa bilan tug‘iladi, yashaydi va qariydi. Uning, hozircha, davosi yo‘q.

Kaliforniya va Stenford universiteti tadqiqotchilari ayol qonidagi homilaga hujum qiluvchi antitanalarni aniqlaydigan dastur yaratishdi. Ana shu test yordamida autizm xavfini deyarli 100 foiz oldindan aytish mumkin.

Tadqiqot mobaynida farzandlariga autizm tashxisi qo‘yilgan 450 ona va autizmsiz tug‘ilgan 342 onaning plazmasi o‘rganib chiqildi.

Natijalar immunferment tahlilini ishlab chiqishda foydalanildi. Bu diagnostik usul materiallarni konteyner devorlariga yopishib olgan maxsus antitanalar yordamida qorishmada aniqlashdir.

Olimlar ona tanasidagi homilaning asab tizimi rivojlanishiga ta'sir qiluvchi immun javob sodir bo‘ladigan sakkiz proteinni qidirib ko‘rishdi.

Avvallari buni antitana va leykotsitlar emas, faqat immunitet qiladi deb hisoblanardi. Endi esa, o‘sayotgan miya uchun onaning antitanalari ham ta'sir ko‘rsata olishi oydinlashdi.

2019 yilda Kaliforniya universiteti immunologlari Karen Jons va Judi Van de Uoterning ilmiy ishlari nashr etildi. Unda onaning antitanalari homilaning neyronlaridagi muhim oqsillarga ta'sir ko‘rsata olishi va natijada onaning bola asab tizimiga hujum qiluvchi antitanalari ko‘payib ketishi jarayoni ko‘rsatildi.

Bu tadqiqotda olimlar rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq antitanalar kombinatsiyalarining ta'sirini baholashga harakat qilishgan. Ular tomonidan ishlab chiqilgan tahlil 100 foiz aniqlik bilan autizmga sabab bo‘luvchi antitanalar kombinatsiyasining mavjudligini ko‘rsatdi.

«Ushbu tahlil asosida yaratilgan diagnostik instrument autizmning kelajakda qanday rivojlanishini mutlaq aniqlikda bashorat qila olmasa-da, u mavjud risklar haqida tasavvur bera oladi. Aytaylik, onada muayyan antitanalar bor bo‘lsa, unda bolaning autizm bilan tug‘ilish ehtimoli 31 barobar oshadi», deydi Van de Uoter.

Mavzuga oid