31 mart kuni Samarqand Marafon Bolalar Akademiyasi oçilişi bölib ötdi. Akademiya – autizm spektri buzilgan bolajonlar uçun yangi ixtisoslaştirilgan ijodiy maydondir. U “Navröz” istirohat boğida joylaşgan bölib, unda ijodiy va interaktiv maşğulotlar uçun barça şaroitlar yaratilgan.

“Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi Özbekistonda inklyuziv muhitni yaratiş borasida qator loyihalarni amalga oşirmoqda. Uşbu loyihalardan biri sifatida  autizm spektri buzilgan bolalar uçun  ijodiy studiya taşkil qildik. Mazkur loyiha 2022 yilda Samarqand xalq marafonida asosiy mavzu etib belgilangandi. Ya’ni autizm spektri buzilgan   bolalarni qöllab-quvvatlaş. Unda 2020 yilda tuşgan mablağlar hisobidan bugun “Navröz” istirohat boğining yonida bolalar akademiyasini taşkil etdik”, – deydi Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi ijroçi direktori maslahatçisi Elmurod Najimov.

Jamğarma ijroçi direktori Gayane Umerovaning sözlariga köra, bu yilgi xayriya marafonidan közlangan maqsad muzeylarni közi ojiz va zaif köruvçilar uçun moslaştirişdan iborat.

“Jamğarma tomonidan 4 yil mobaynida “Samarqand marafoni” xayriya yugurişi ötkazilmoqda. Biz öz oldimizga xayriya sport va madaniy tadbirlar orqali Özbekistonda inklyuziv muhitni rivojlantirişni keng kölamli vazifa qilib qöyganmiz. Şu yillar davomida “Samarqand marafoni” ijtimoiy namunaga aylanib, nafaqat hamşaharlarimiz, balki xorijdan ham minglab sayyohlar va sportçilarni öziga jalb etuvçi yetakçi sport tadbiriga aylana oldi”, – deydi u.

Yangi taşkil etilgan ijodiy akademiya dam oliş maskani, ijod işlari bilan şuğullanadigan ustaxona, hovli, ota-onalar uçun kutiş maydonidan iborat.