Toşkentdagi Navröz istirohat boğida Butunjahon autizmdan xabardorlik kuniga bağişlangan aksiya bölib ötdi. “Neyroinklyuziv dunyoda teng imkoniyatlar” mavzusida ötkazilgan mazkur tadbir keng jamoatçilik e’tiborini bolalarda uçraydigan autizm muammosiga qaratiş, xastalikka erta taşxis qöyiş maqsadida taşkil qilindi.
Tadbirga 20 ga yaqin yomğir bolalari va ularning ota-onalari qamrab olindi. Ular kulolçilik studiyasida loydan turli xil mahsulotlar yasaşdi, gips figuralarini dekorativ böyaş maşğulotlarida qatnaşdi. Şuningdek, mutaxassislar bilan birgalikda mevali kokteyllarni tayyorlaşdi. Bolalarning ota-onalari neyropsixolog va defektologlardan bepul maslahatlar oldi.
Butunjahon autizmdan xabardorlik kuni 2008 yildan buyon har yili 2 aprel sanasida nişonlanadi. U Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş assambleyasining 2007 yil 18 dekabrdagi rezolyusiyasi bilan taşkil etilgan bölib, dunyoning barça mintaqalarida autizmli bolalar mavjudligi xavotirini anglatiş maqsadida yölga qöyilgan.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti hisob-kitoblariga köra, autizmga çalingan bolalar soni har yili 13 foizga oşmoqda. 1980 yillarda mutaxassislar har 1000 kişiga bitta holatni qayd etgan bölsa, bugungi kunda autizmning tarqalişi yuzdan bitta holatga töğri kelmoqda. Özbekistonda bu sindrom ilk marta 2010 yilda qayd etilgan bölib, uşbu xastalikka çaliniş holatlari mamlakatda ham yildan yilga ortmoqda.
Neyropsixolog Şahnoza Usmonovaning ta’kidlaşiça, autizm nasldan naslga ötadigan xastalik emas, uning kelib çiqiş sabablari haligaça töliq aniqlanmagan. Sindrom bolaning ijtimoiy hayotga moslaşa olmasligi bilan namoyon böladi. Unga çalingan bolalar reallikni boşqaça köradi, boşqaça eşitadi. Ularning xatti-harakatlarida ğayritabiiylik seziladi, gap-sözlarida noaniqlik böladi. Asab tizimidagi buzilişlar tufayli bola yon-atrofdagi voqealarga mutlaqo befarq yoki uning aksi ölaroq öta ta’sirçan bölib qoladi. Ismini aytib çaqirganda qaramaydi. Onasining yuz harakatlariga heç qanday emotsiya bildirmaydi.
Logoped-defektolog Dinora Toşpölatovaning sözlariga köra, autizmni davolaş uçun bolalarning gapiriş qobiliyatini yaxşilaş maqsadida logoped bilan maşğulotlar olib boriş, bola bilan turli xil öyinlar öynaş, kompyuterda sözlarni yozib örgatiş, sözlaşiş uçun rasmli kartoçkalardan foydalaniş talab etiladi.
Farzandlarini aksiyaga olib kelgan ota-onalarning fikriça, bu kabi tadbirlar bolalarning ijtimoiy könikmalarini oşiriş, ularning dunyosini boşqalarga tanitiş va tuşuntiriş platformasi vazifasini ötaydi. Hamjihatlikdagi amaliy maşğulotlar bolalarga özlarining fizik va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiriş imkoniyatini taqdim qiladi, şu bilan birga, öz-özini ifoda etişiga va tengdoşlari bilan muloqot qilişini osonlaştirişga yordam beradi.










