7 dekabr kuni Toşkent şahar hokimining Qöyliq dehqon bozori va unga tutaş ulgurji savdo maydoni boşqa manzilga köçirilişi haqidagi qarori e'lon qilindi. Unda aytilişiça, poytaxtdagi yöl infratuzilmasini yaxşilaş, kommunikatsiya tarmoqlarini takomillaştiriş va tirbandliklarning oldini oliş rejalaştirilgan.
Bu yangilik ijtimoiy tarmoqlarda bahslarga sabab böldi. Kun.uz muxbiri Özbekistonning deyarli barça viloyatlari bilan çambarças boğliq ravişda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilişini ta'minlaydigan bu bozorda faoliyat yurituvçi tadbirkor va sotuvçilarning fikrini biliş, bozorning keyingi taqdiri haqida ma'lumot oliş uçun Qöyliqda böldi.

Gapirişni istaganlar köp edi - bozor köçişi haqida xabar topgan sotuvçilar va tadbirkorlarning dardi içida ekan. Ular bozor boşqa joyga köçişidan keladigan salbiy oqibatlar haqida ogohlantirişdi. Bozor köçişi mijozlar kamayişi va savdo susayişiga sabab bölişini aytişdi, şuningdek, hozirda bu yerda çipta narxlari va transport qulayligi haqida ta'kidlaşdi.
Mirhosil Akromov, tadbirkor:

«Bizga Food city majmuasidan ijaraga dökon olişimiz mumkinligini aytişgan. Lekin u yerning tölovlari sal qiyinlik qilarkan bizga. Hozir meva-çeva mahsulotlarimiz köp. Şuni çiritmasdan xalqqa sotib olişimiz kerak. U yerga köçsak sotolmasligimiz mumkin».
Hamdam Xöjamov, tadbirkor:

«Köçişimiz haqida hozirça aniq gap aytilmadi. Lekin yangi qurilgan bozorga borib kördik. Bizga şaroitlari ma'qul kelmadi. Bu yerda bitta kameramiz 60 kv/metr. U yerdagi dökonlar 20-25 kv/metr çiqar ekan. Mahsulotlarimiz siğmaydi u dökonlarga.
Bu bozorda ulgurji savdo bölgani uçun mahsulotlarimizning asosiy qismini nasiyaga beramiz. Köçadigan bölsak, mijozlarimiz uçun ham qiyin böladi.




















