Toşkent şahridagi Qöyliq dehqon bozori Toşkent viloyatining Örta Çirçiq tumanidagi Mehnatobod köçasida joylaşgan Food city savdo markaziga köçirilişi kutilmoqda. Buni markaz mas'ul xodimi Kun.uz bilan suhbat vaqtida ma'lum qildi.

Bozor buzilişi munosabati bilan joysiz qolayotgan tadbirkorlarga Food city hududiga köçiş tavsiya etilmoqda - köp yillar davomida bozorda işlab kelganlarda boşqa tanlov ham yöq.

Food city savdo majmuasida dökonlarning ijara huquqi asosida sotuvga qöyilişi 2021 yilning iyun oyidan boşlangan. Dökonlar 19, 25 va 28 kv/metrdan iborat bölib, boşlanğiç bahosi 50 mln sömdan 100 mln sömgaça belgilangan.

Majmua vakili Kun.uz bilan suhbatda bu boşlanğiç narx ekani, ijaraga dökon oliş uçun 100 mln sömdan ortiq mablağni garov sifatida qöyiş kerakligi va oyiga 3,5 mln sömdan ijara tölovi borligini bildirdi.

«Qöyliq dehqon bozori» aksionerlik jamiyati va ulgurji savdo bozorining asosiy aksiyadori hisoblangan Toşkent şahar hokimligi bozor aynan qayerga köçişi böyiça rasmiy ma'lumot bermagan.

7 dekabr kuni şahar hokimligi Qöyliq dehqon bozori va unga tutaş ulgurji savdo maydoni yöl kengaytirilişi sabab boşqa manzilga köçirilişini ma'lum qilgandi.

Kun.uz söroviga javoban, şahar hokimiyatidagilar Qöyliqdagi ijara dökonidan ajrayotgan tadbirkorlar Food city’dan ijaraga dökon olişlari mumkinligini aytiş bilan çeklanişdi.

Gazeta.uz ma'lumotiga köra, Qöyliq bozoridagi tadbirkorlar markaz hududiga köçiş uçun özlari murojaat qilişgan. 

Cavdo markazi 84ta futbol maydoniga teng hududda joylaşgan bölib, unda 2500 dökon va savdo rastalari, 2500ta avtomobil uçun avtoturargoh mavjud.

Markazda ayni paytda qişloq xöjaligi mahsulotlarini ulgurji va çakana sotiş uçun savdo bozorlari barpo etilgan.

Ma'lumot uçun, uşbu savdo markazi Qöyliq bozorining hozirgi örnidan 6,5 km masofada joylaşgan. Eng yaqin metro Qöyliq 7-bekati hisoblanadi. U yerga 12, 15, 45, 54, 68, 81, 93, 110, 117, 119, 122, 130, 145, 183, 185 avtobus yönalişlari ham qatnaydi.