1-31 oktyabr kunlari Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi tomonidan “Toşkent qişloq xöjaligi mahsulotlari ulgurji bozori” AJ (Qöyliq) va Eski jöva (Çorsu) dehqon bozorlarida asosiy iste'mol tovarlarining ulgurji narxlari böyiça kuzatuv natijalari e'lon qilinib borildi. Vazirlik bir oylik narxlar borasida tahliliy ma'lumotlarni e'lon qildi.

Nimalar arzonladi?

Uşbu davr mobaynida bozorda sariq sabzi 500 sömga, qizil sabzi 250 sömga, import olma 2 500 sömga, rizamat uzumi 1 500 sömga, import nok 2 500 sömga va limon 9 000 sömga arzonlagan.

Qimmatlaşgan tovarlar

Şu bilan birga, kartoşka 675 sömga, piyoz 100 sömga, sarimsoqpiyoz 2 500 sömga, bodring 625 sömga, pomidor 2 000 sömga, bulğor qalampiri 1 500 sömga, baqlajon 250 sömga, olma 2 500 sömga, uzum 2 000 sömga, nok 1 000 sömga, tarvuz 900 sömga va qovun 1 000 sömga oşgan.

Eng köp keltirilgan mahsulotlar

Tezkor ma'lumotlarga asosan, Qöyliq bozoriga 1-31 oktyabr kunlari hududlardan jami 23,7 ming tonna, xususan, 12,4 ming tonna kartoşka, 8,4 ming tonna piyoz, 966 tonna karam va 1,9 ming tonna sabzi keltirilgan.

Şuningdek, Qöyliq bozoriga Qozoğiston Respublikasidan 5 010 tonna, Qirğiziston Respublikasidan 844 tonna, Afğoniston Islom Respublikasidan 902 tonna va Eron davlatidan 3 347 tonna kartoşka keltirilgan.

Hududlardan Çorsu dehqon bozoriga 1-31 oktyabr kunlari jami 357,2 tonna, şu jumladan 302,7 tonna mol göşti va 54,5 tonna qöy göşti keltirib sotilgan.

Avvalroq, Kun.uz Özbekistonda oxirgi bir oyda kartoşkaning minimal ulgurji narxlari 40 foizga qimmatlaşgani va bunga qaysi omillar ta'sir ötkazgani haqida maqola e'lon qilgandi.