Jahon | 22:13 / 15.07.2021
6324
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada har bir fuqaroning ukrain tilini bilishi shart etib belgilandi

Qayd etilishicha, ukrain tilining davlat tili sifatida amal qilishi va uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi Ukraina hududida yashab kelayotgan kam sonli millatlar tiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va ularning til huquqlarini himoya qilish bilan uyg‘un tarzda amalga oshiriladi. 

Foto: AFP

Ukrain tilini bilish Ukraina har bir fuqarosining majburiyati hisoblanadi. Bu haqda mamlakat konstitutsion sudi qarorida aytilmoqda.

«Ukrain tilini o‘z fuqaroligi tili sifatida bilish — Ukraina har bir fuqarosining majburiyati. Shu bilan birga, Ukrainaning har bir fuqarosi shaxsiy muloqot uchun til yoki tillarni tanlashda erkindir», — deyiladi hujjatda.

Qayd etilishicha, ukrain tilining davlat tili sifatida amal qilishi va uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi Ukraina hududida yashab kelayotgan kam sonli millatlar tiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va ularning til huquqlarini himoya qilish bilan uyg‘un tarzda amalga oshiriladi. 

Ta'kidlanishicha, Ukraina konstitutsion sudi qarori majburiy va yakuniy hisoblanadi hamda uning ustidan shikoyat qilinmaydi.

Mavzuga oid