Starmer Fransiyaga Birinçi jahon uruşi yakunlanganining 106 yilligiga bağişlangan marosimda iştirok etiş uçun kelgandi. Duşanba kuni Parijdagi Noma’lum askar qabri yodgorligidagi marosimdan keyin ikki mamlakat rahbarlari Ukrainadagi uruşga oid keyingi taktika, şuningdek, La-Manş böğozi orqali noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş usullarini muhokama qilişgan.
Yelisey saroyi bayonotida aytilişiça, ikki yetakçi ham Ukrainani qöllab-quvatlaşda sobit ekanliklarini bildirişgan.
Vaşingtondan nima kutiş mumkin?
Yevropa yetakçilari uçraşuvi AQŞda hokimiyat özgarib, Donald Tramp prezidentlikka saylanişi fonida ötkazildi.
Avvalroq Tramp saylanadigan taqdirda uruşga bir kunda barham berişini aytgan, ammo bunga qanday erişmoqçi ekanini izohlamagandi, saylovdagi ğalabadan keyin esa AQŞ Ukrainaga hududlarini qaytarib olişda yordam bermasligini aytgandi.
Dauning-strit bayonotida aytilişiça, uçraşuv davomida kelayotgan qiş oldidan qanday qilib Ukrainaning pozitsiyasini yaxşilaş masalasi ham muhokama etilgan.
Kiyev Britaniya va Fransiyadan ukrain armiyasiga ularning Storm Shadow/Scalp qanotli raketalari bilan Rossiyaning içkari hududlariga zarbalar beriş uçun ruxsat sörab keladi. Ammo Parijdagi uçraşuv ham bu masalaga oydinlik kiritmadi.

Makron va Starmer Jo Baydenning qarorini kutib turibdi, u şu vaqtga qadar Amerika raketalari bilan Rossiya içkarisiga zarbalar yöllaşga ruxsat bermagan. AQŞ ham, Yevropadagi ittifoqçilar ham bu taqiqni mojaro eskalatsiyasi xavfi bilan izohlaydi.
Ammo Oq uyga Donald Tramp kelişi bilan Yevropaning taktikasi özgarişi mumkin. Bryusseldagilarning köpçiligi Tramp davrida nafaqat AQŞning Ukrainadagi uruşga yondaşuvi, balki NATO içkarisidagi muvozanat ham özgarişi mumkin deb hisoblaydi.
Makronning şaxsan taklifi bilan
Kir Starmer Parijga Sulh kunida (Fransiyada bu şunday nomlanadi) şaxsan Emmanyuel Makronning taklifi bilan taşrif buyurdi va britanlarning 1944 yil Yelisey maydonidagi marosimda iştirok etgan Uinston Çerçilldan keyingi ikkinçi boş vaziri böldi.











