11:47 / 09.07.2021
7452

«Jomboy don mahsulotlari» AJ sohada o‘z tarixiga ega va yaxshi tajribalari bilan odimlamoqda

«Jomboy don mahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati Davlat mulk qo‘mitasining buyrug‘iga asosan 1996 yilda «Jomboy don mahsulotlari» bazasida tashkil topgan. Aytish mumkinki, mazkur korxona o‘ziga xos tarixga ega va sohada katta tajriba to‘plagan.

Dastlab «Jomboy don mahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati qurilish ishlari 1968 yilda boshlangan. 1974 yildan korxona tegirmon sexi ishga tushirilib, un mahsuloti ishlab chiqarilgan. Ikki yildan so‘ng donni qayta ishlash loyiha quvvati sutkasiga 600 tonnaga yetkazilgan.

1992 yildan korxonaning tegirmon kompleksi mashhur «Byuller» firmasining texnik jihozlari bilan ta'minlandi. Natijada sutkasiga 500 tonna bug‘doy qayta ishlandi, sifat ortdi va korxonaning raqobat darajasi ko‘tarildi.

«Jomboy don mahsulotlari» AJ doim faoliyatini zamon talablaridan kelib chiqqan holda yangilab kelgan.

Mazkur korxonada omixta yem ishlab chiqarish borasida ham o‘ziga xos tajriba shakllangan. Dastlab 1977 yilda omixta yem ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘sha vaqtda sutkasiga 315 tonna mahsulot ishlab chiqarilgan. Ushbu yo‘nalish ham so‘nggi yillarda yangilandi, zamon talabidan kelib chiqib yondashildi. Xususan, 2009 yilda Ukrainaning «Xorolskiy» zavodi hamda «Grantex» MChJdan bir qator asbob-uskunalar, ehtiyot qismlari olib kelindi. Modernizatsiya natijasida o‘sha yildan boshlab loyiha quvvati sutkasiga 228 tonna sifatli omixta yem mahsuloti tayyorlandi. Shuningdek, yem mahsulotini donador holda ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sex qayta jihozlanib, ishga tushirildi.

“2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilishni ta'minlash chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga asosan 2020 yilda korxonaning tegirmon sexi modernizatsiya qilindi va elektr tejamkor uskunalar o‘rnatildi.

Bugungi kunda omixta yem ishlab chiqarish sexida sutkasiga 200 tonna mahsulot tayyorlanmoqda. 2021 yilning o‘tgan choragida jamiyat tomonidan aholiga 17 829 tonna sifatli omixta yem mahsulotlari yetkazib berildi.

Shuningdek, jamiyatga qarashli uchta non va non mahsulotlari ishlab chiqarish sexlari mavjud bo‘lib, yillik ishlab chiqarish quvvati 1000 tonnani tashkil qiladi. Hozirgi kunda sutkasiga 300 tonna bug‘doy qayta ishlanmoqda. Joriy yilning o‘tgan choragida aholiga 30 458 tonna sifatli un mahsulotlari yetkazib berildi.

Tashkilot bugungi kunda ham to‘la quvvat bilan ishlamoqda va hozir ayni ish qizg‘in pallaga kirgan. Korxonada hozirgi kunda 591 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Bundan tashqari, g‘alla qabul qilish mavsumida 122 nafar mavsumiy ishchi jalb qilingan.

Joriy yilda korxonaning g‘alla qabul qilish rejasi 56518 tonnani tashkil etadi. Korxona shu kunlarda fermer-tadbirkorlar bilan qilingan shartnoma rejalarini yuqori sifatda bajarish arafasida turibdi.

«Jomboy don mahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati Ⓣ

Mavzuga oid
Top