17:17 / 17.11.2021
7348

«Jomboy don mahsulotlari» AJ o‘ziga tegishli hududga 3000 ta ko‘chat ekyapti

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 2 noyabr kuni aholini uy-joy bilan ta'minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda xususan, «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirish masalasi ko‘tarildi.

Foto: «Jomboy don mahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati
Foto: «Jomboy don mahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati
Foto: «Jomboy don mahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati
Foto: «Jomboy don mahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati

Aytish mumkinki, mazkur loyiha aholi tomonidan iliq kutib olindi. Joylarda ushbu xayrli maqsad yo‘lida barcha korxona-tashkilotlar tashabbus ko‘rsatmoqda. Jumladan, «Jomboy don mahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati jamoasi ham ushbu loyihaga o‘z hissasini qo‘shib kelyapti.

Foto: «Jomboy don mahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati
Foto: «Jomboy don mahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati
Foto: «Jomboy don mahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati

«Jomboy don mahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati dolzarb qirq kunlikda jami bo‘lib 3000 ta mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekishni rejalashtirgan. Shu kunlarda Jomboy, Bulung‘ur, Toyloq hamda Urgut tumanlaridagi g‘alla qabul qilish shoxobchalarimizda ko‘chatlar ekilmoqda. Hozirga qadar 1500 ta daraxt ko‘chatlarini ekib bo‘ldik. 10 dekabrga qadar yana 1500 ta ko‘chat ekishni maqsad qilganmiz”, – deydi «Jomboy don mahsulotlari» AJ raisi o‘rinbosari Jamshid Baratov.

Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki, davlat rahbari o‘tkazgan yig‘ilishda joriy yilning 10 dekabriga qadar daraxt ekish bo‘yicha «dolzarb 40 kunlik» e'lon qilingandi. Loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilgan.

Aytish mumkinki, «Jomboy don mahsulotlari» korxonasi ushbu xayrli tashabbusga qo‘shilar ekan, avvalo, iqlimga mos hamda suv kam talab qiladigan ko‘chatlarni ekishga ko‘proq ahamiyat bermoqda.

 

«Jomboy don mahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati

Mavzuga oid
Top