Ta’limdagi tengsizlik: Özbekistonda kutilayotgan ta’lim davomiyligi neça yil?
|21:13 / 10.10.202321 7399 min
Şahar va qişloqda öqiyotgan boğça, maktab bolasining imkoniyatlari teng emas. Joylaşgan hududiga qarab ularning ta’lim davomiyligida farqlar kuzatilgan. Oliy va undan keyingi ta’lim jarayonida esa bu tendensiya jinslararo tafovutlar bilan davom etadi. Yoşi oşgan sari erkaklarning ilm olişga bölgan imkoniyatlari kamayişi aniqlangan.
Foto: ShutterstockFoto: Shutterstock
Kutilayotgan ta’lim davomiyligi bu – maktab yoşiga yetgan bolaning maktabda örta, undan keyin esa oliy va oliy ta’limdan keyingi bosqiçlarda öqişi kutilayotgan yillarning yiğindisi hisoblanadi. Uni hisoblaş uçun har bir ta’lim bosqiçida öqiyotganlar soni şu ta’lim bosqiçiga töğri keladigan yoşdagi jami aholi sonidagi uluşlarining yiğindisi sifatida hisoblanadi. Boşqaça aytganda, ta’limning har bir bosqiçidagi qamrovlar yiğindisining yillardagi körinişi.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti Özbekistondagi ta’lim imkoniyatlarini hududlar va jinslar kesimida tahlil qildi.
Boğça
Dunyoda kutilayotgan ta’lim davomiyligi boşlanğiç ta’lim yoşidagilardan boşlab hisoblanadi. Bu tahlilda ham maktabgaça ta’limga oid raqamlar körib çiqilgan. Statistika agentligining 2022 yildagi ma’lumotlariga köra, respublikada 6 yoşgaça bölgan qiz va öğil bolalar örtasida ta’lim imkoniyatlari teng bölib, 1-6 yoş bölgan jami bolalar soniga nisbatan hisoblaganda 2 yilni taşkil qiladi.
Oilaviy boğçalarning samarali faoliyat olib borişi hisobiga bu borada Qoraqalpoğiston Respublikasi va Jizzax viloyatida eng yuqori körsatkiç qayd etilgan. Unga köra, davlat maktabgaça ta’lim muassasalaridagi 100 ta öringa Qoraqalpoğistonda 150 nafar, Jizzaxda 127 nafar bola töğri kelişiga qaramay, kutilayotgan maktabgaça ta’lim yillari 2,5 hamda 2,1 yilni taşkil qilgan.
Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi davlat boğçalarida esa 100 ta öringa 101 nafar bola töğri kelsa-da, maktabgaça ta’lim yillari respublika böyiça eng past, ya’ni 1,2 va 1,5 yildir.
Mamlakatda 6 yoşli bolalarni maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrab oliş körsatkiçi 70 foizga yetgan. Bu böyiça qiz va öğil bolalarning qamrovi örtasida farq yöq. Soliştiriş uçun aytiş lozim, 2022 yilga qadar maktabgaça ta’lim tizimida qizlar qamrovi doimiy ravişda öğil bolalar qamrovidan past bölib kelgan.
Ammo raqamlar şahar va qişloqlar kesimida hisoblansa, örtadagi tafovutni yaqqol seziş mumkin. Şaharlarda 3-6 yoşli bolalarning kutilayotgan ta’lim davomiyligi 2,4 yil bölgan vaqtda, qişloq joylarda 1,7 yilni taşkil qilmoqda. Bu ikki toifadagi hududlarda qiz va öğil bolalarning maktabgaça ta’lim davomiyligi teng.
6 yoşli bolalarni maktabga tayyorlaş tizimiga qamrovda ham şahar va qişloq kesimida farqlar sezilarli. Şahar joylarda 77 foiz, qişloq joylarda 65 foizni taşkil qiladi (qişloq joylarida bu körsatkiç qizlar orasida 1 foiz bilan köproq, 65 foiz).
Mavzuga oid
Maktab
Özbekistonda 11 yillik örta ta’lim majburiyligi belgilangan. Boşlanğiç ta’lim davomiyligi respublika böyiça 3,8 yilni taşkil qiladi va bu böyiça jinslararo tafovut yöq. Ammo şahar va qişloqlar kesimida bu borada ham farqlar yuzaga keladi. Ya’ni şahar joylarida kutilayotgan ta’lim davomiyligi 4,15 yil (öğil bolalar 4,19 yil, qiz bolalar 4,12 yil), qişloq joylarida esa 3,51 yil (öğil bolalar 3,47 yil, qiz bolalar 3,55 yil)ni taşkil qilgan.
MHTIga köra, boşlanğiç ta’lim 4 yilni taşkil qilgan hamda 11 yillik ta’lim majburiy bölgan holatda bu tendensiyaning kuzatilişi quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
-mehnat muhojirlarining farzandlari xorijda ta’lim olişi;
-qişloq joylarda yaşovçi aholi öz farzandlarini şahardagi maktabga olib borişi;
-2022 yilgaça 7 yoşga tölmagan bolalarning ham maktabga qabul qilinişi.
Ta’limning keyingi bosqiçi, ya’ni örta ta’lim (5-9 sinflar)da kutilayotgan davomiylik respublika miqyosida 4,86 yilni taşkil etib, öğil va qiz bolalar orasida deyarli tafovut yöq. Şaharlarda 5,51 yil (öğil bolalar 5,63 yil, qiz bolalar 5,4 yil), qişloqlarda 4,3 yil (öğil bolalar 4,2 yil, qiz bolalar 4,4 yil).
Örta ta’limning sönggi bosqiçi (10-11-sinflar), akademik litseylar, kasb-hunar maktablari, professional kollej va texnikumlarning barçasi(16-19 yoşlilar)da öqiyotganlarning ta’lim yillari jami 2,3 yilni taşkil qiladi (öğil bolalar 1,9 yil, qiz bolalar 2,6 yil). Ma’muriy markazlarda bu körsatkiç 3,1 yil (öğil bolalar 2,8 yil, qiz bolalar 3,3 yil), bu markazda uzoqroqlarda joylaşgan hududlarda 16-18 yoşdagi tugallangan örta ta’lim davomiyligi 1,5 yil (öğil bolalar 1,3 yil, qiz bolalar 1,7 yil) ni taşkil qilgan.(Raqamlar akademik litseylar, kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlar haqida ma’lumotlar yetarli bölmagani uçun faqat 10-11 sinflar kesimida töplangan).
Tahlillardan kelib çiqib, Özbekistonda 19 yoşgaça bölgan davrda qiz bolalarning rasmiy ta’lim oliş imkoniyatlari kengroq ekanligi aniqlangan. Institutning ta’kidlaşiça, bu professional kollej hamda texnikumlarda öqiyotganlar orasida qizlar uluşining kattaligi bilan izohlanadi. Bunga esa öğil bolalar orasida 9-sinfni bitirgandan keyin mehnat bozoriga ötib ketiş holatlari sabab qilinmoqda.
Oliy va undan keyingi ta’lim
MHTI örta ta’limdan keyingi bosqiçlar böyiça ham bir qança raqamlarni ma’lum qilgan. Ta’kidlanişiça, oliy va undan keyingi rasmiy ta’lim yillari respublika böyiça 1,63 yilni taşkil qiladi (erkaklar 1,85 yil, ayollar 1,59 yil).
Tahlil natijalariga köra, Özbekistonda ta’lim oliş imkoniyatlari jinslar kesimida 17 yoşgaça teng. 18 yoşga kelganda ayollarning ta’lim oliş imkoniyatlari ortadi. 19 yoşlilar orasida ayollarning 94 foizi, erkaklarning esa 60 foizi ta’lim oladi. 23-34 yoş oraliğida erkaklarning ta’lim oliş imkoniyati ayollarnikiga nisbatan 0,02 foiz yuqoriroq. 35 yoşdan yuqori aholi orasida yana ayollarning rasmiy ta’lim oliş imkoniyati oşadi. Şu bilan birga, informal ta’limda erkaklar (31,2 foiz)ning ayollar (25,2 foiz)ga nisbatan köproq iştirok etişi, erkaklarda oilani boquvçi mas’uliyatining ustun turişi va aynan oila daromadini oşiriş uçun ta’lim olişga köproq e’tibor qaratişi bilan izohlanadi.
Hududlar kesimida ta’limning eng uzoq kutilayotgan davomiyligini Toşkent şahridan taşqari, Navoiy viloyatida (15,1 yil) kuzatiş mumkin. U Toşkent şahridagi oliy öquv yurtlari hisobiga respublika böyiça örtaça 14,6 yilni taşkil etadi. Ma’lumot uçun: Toşkent şahrida oliy ta’lim muassasalarining konsentratsiyasi balandligi hisobiga kutilayotgan ta’lim davomiyligi 21,7 yilni taşkil qiladi.
Qaşqadaryo (12,6 yil) va Surxondaryo (12,8 yil) viloyatlari ta’limning kutilayotgan umumiy davomiyligi eng past hududlardir. Qolgan hududlar 13,4 yildan 14,3 yilgaça oraliqlarda taqsimlangan. Erkak va ayollar örtasidagi eng yuqori tafovut Toşkent şahri (2,6 yil), Xorazm (0,8 yil) hamda Navoiy (0,7 yil) viloyatlarida kuzatiladi. Qolgan hududlarda 0,1 yildan 0,3 yilgaça tafovut mavjud.
Kattalar ta’limi, ya’ni oliy ta’limdan keyin (odatda 25 yoşdan oşiq) rasmiy va norasmiy ta’lim oliş asosida özining professional darajasini oşirişi hisoblanadi. Bu körsatkiç respublika böyiça 0,1 yilni taşkil etgan.
Ta’lim davomiyligini oşiriş uçun nima qiliş kerak?
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutiga köra, boşlanğiç ta’limda öqiş savodxonligi böyiça tengsizlik nisbatan yuqori. Ya’ni eng yaxşi va eng yomon natijaga erişgan öquvçilar orasidagi tafovut nisbatan baland (Özbekiston PIRLS tadqiqotida 48 ta mamlakat içidan 33-örinni egallagan). Boşlanğiç ta’limdagi imkoniyatlarning teng emasligi keyingi bosqiçlardagi ta’limda ham tengsizlikning sababi bölişi mumkin.
Buni bartaraf etiş uçun:
-qişloq joylarda oilaviy boğçalarni taşkil qiliş, buning uçun muhandislik kommunikatsiya infratuzilmalarini yaxşilaş;
-qişloq joylardagi umumta’lim maktablari uçun pedagoglarni maqsadli tayyorlaş (qişloq yoşlari orasidan salohiyatli yoşlarni tanlaş va 3 tomonlama şartnoma asosida öqitiş);
-umumta’lim maktablarini kompyuterlar bilan ta’minlaş va internet tarmoğiga ulaş;
-umumta’lim maktablarida (ayniqsa, qişloq joylardagi) informatika fanidan qöşimça tögaraklar sonini oşiriş va bepulligini ta’minlaş. Tögaraklarning öquv dasturini tuzişda öquvçilarning mustaqil ravişda ta’lim platformalaridan foydalana oliş könikmalarini egallaşiga alohida e’tibor beriş;
-öz turmuş farovonligi (şu jumladan ta’limi) uçun har bir fuqaro öz javobgarligini anglagan holda mehnat bozori uçun zarur könikmalarga ega böliş, buning uçun doimiy ravişda öz professional darajasini oşirib borişga qiziqişni oşiriş böyiça çora-tadbirlarni köriş.