O‘zbekiston | 08:59 / 07.02.2024
16423
2 daqiqa o‘qiladi

Xo‘jaobod tumani hokimi ham sog‘ligi tufayli ishdan ketdi 

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani hokimi O‘tkirbek Shukurov lavozimidan ozod qilindi. Uning birinchi o‘rinbosari hokim lavozimiga vaqtincha tayinlandi.

Foto: Xo‘jaobod tumani hokimligi

Xo‘jaobod tumani hokimi o‘zgardi. Tuman hokimi O‘tkirbek Shukurov o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod qilindi. Kun.uz manbasiga ko‘ra, u sog‘ligi tufayli ishdan ketgan.

O‘tkirbek Shukurov 1983 yilda Andijon viloyatining Andijon tumanida tug‘ilgan. 2011 yilda Andijon pedagogika institutini, 2012 yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Shukurov Xo‘jaobod tumaniga 2022 yil 18 fevral kunidan buyon hokimlik qilib kelayotgandi. Bungacha u Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan

Akmaljon Mirzaolimov Xo‘jaobod tumani hokimi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlangan. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Akmaljon Mirzaolimov 1979 yilda Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan. 2005 yilda Andijon qishloq xo‘jalik institutining iqtisodiyot yo‘nalishini tamomlagan.

Tayinlovga qadar u Xo‘jaobod tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Oldinroq Guliston shahri hokimi sog‘lig‘i tufayli lavozimidan ketgandi.

Mavzuga oid