Boş vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov Andijon viloyatida sel tufayli buzilib ketgan köprik masalasida Kun.uz'ga ma’lumot berdi. Uning ma’lum qilişiça, ayni vaqtda Xöjaobod va Jalaquduq tumanini tutaştirib turuvçi avtomobil yölining 65 kmda joylaşgan köprikni tiklaş işlari davom etmoqda.

“Oqbörasoy” ustidan ötgan köprikni töliq ta’mirlaş işlari 21 oktyabrga qadar tugatiladi hamda foydalanişga topşiriladi.
2024 yil 13-14 iyul kunlari kuçli yoğingarçilik oqibatida Farğona vodiysi va Qirğizistonning Öş viloyatlarida kuçli sel keldi. Oqibatda Andijon viloyati Xöjaobod va Jalaquduq tumanlari örtasidagi Yorqişloq qişloğida soy ustiga qurilgan köprik qulab tuşgan edi.
Kun.uz avvalroq, köprik qayta tiklanmayotgani, yoğingarçiliklar boşlansa, vaqtinçalik köprikda yurib bölmay qolişidan xavotirlangan mahalliy aholining muammolarini yoritib çiqqan edi. Andijon viloyat hokimligi quriliş töxtab qolganini rad etib, işlar davom etayotganini bildirgan.

















