O‘zbekiston | 08:43 / 04.05.2021
8464
3 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda retro avtomobillar marshi bo‘lib o‘tadi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Mudofaa vazirligi tomonidan keng miqyosdagi va ommabop bayram tadbirlari tashkil etilmoqda, deya xabar berdi vazirlik Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.
Qayd etilishicha, 4–7 may kunlari Toshkent shahri ko‘chalari bo‘ylab urush davriga oid retro mashinalar marshi hamda aholining gavjum joylarida ularning to‘xtashi va harbiy ansambl, harbiy orkestr jamoalarining urush yillari aks ettirilgan konsert dasturlari namoyish etiladi.
Retro mashinalar marshining to‘xtashi va harbiy ansambl, harbiy orkestr jamoalarining urush yillari aks ettirilgan konsert dasturlari quyidagi manzillarda bo‘lib o‘tadi:
- 4 may soat 14:00–17:00da. Mudofaa vazirligi – 22 harbiy shaharcha – M.Ulug‘bek bog‘i – X.Olimjon mavzeyi – Dinamo stadioni – Irrigatsiya instituti – Bodomzor chorrahasi – “G‘alaba bog‘i” – Mudofaa vazirligi yo‘nalishlarida harakat qiladi. To‘xtash joylari: M.Ulug‘bek bog‘i va “G‘alaba bog‘i”;
- 5 may soat 10:00–15.00da. Mudofaa vazirligi – Qurolli Kuchlar akademiyasi – Toshkent Shimoliy vokzali – Sergeli bozori – Mudofaa vazirligi yo‘nalishlarida harakat qiladi. To‘xtash joylari: Toshkent Shimoliy vokzali, Sergeli bozori va “Ashxobod” bog‘i;
- 6 may soat 14:00–19:00da. Mudofaa vazirligi – “EKO” bozori – A.Donish ko‘chasi, “Megaplanet” – Yunusobod ko‘chasi “Korzinka” savdo markazi –Mudofaa vazirligi yo‘nalishlarida harakat qiladi. To‘xtash joylari: “EKO” bozori, “Megaplanet” va “Korzinka” savdo markazi;
- 7 may soat 10:00–17:00da. Mudofaa vazirligi – “Toshkent siti” – “Xalqlar do‘stligi” san'at saroyi – “Chilonzor” dehqon bozori – Mudofaa vazirligi yo‘nalishlarida harakat qiladi. To‘xtash joylari: “Toshkent siti”, “Xalqlar do‘stligi” san'at saroyi va “Chilonzor” dehqon bozori.
Mavzuga oid
12:38 / 05.01.2025
Foto: Toshkentda harbiy bo‘linmalar G‘alaba bog‘idan shahar markaziga qarab bayramona marsh o‘tkazdi
01:39 / 01.01.2025
Rossiyada Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolagan mahbuslarga bir martalik to‘lovlar bekor qilindi
18:10 / 24.12.2024
O‘zbekiston armiyasi uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish va ularga qarshi kurashishni mashq qilmoqda
19:25 / 23.11.2024