24 dekabr kuni bölib ötgan Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasining majlisida Özbekiston Mudofaa vazirligi qöşinlarining doimiy jangovar şayligi muhokama qilindi. Unda Qurolli Kuçlar qurilişi, uni yanada rivojlantirişning dolzarb muammolari, fuqarolarning harbiy xizmatni ötaşi va mamlakat harbiy xavfsizligini ta’minlaşga oid boşqa masalalar yuzasidan mudofaa vaziri general mayor Şuhrat Xolmuhamedovning axboroti eşitildi.

Mudofaa vazirining ma’lum qilişiça, armiyaning jangovar şayligi va tayyorgarligini oşirişda asosan zamonaviy qurolli töqnaşuvlar tahlillari hamda rivojlangan xorijiy armiyalarning ijobiy tajribalari qöşinlarga tatbiq etilgan.

Foto: Oliy Majlis Senati

«Natijada ötgan yilga nisbatan jangovar şaylik tadbirlari 1,5 barobarga köpayib, qömondonlik tarkibining kasbiy tayyorgarligini oşirişga erişilgan. Qöşinlarda operativ tayyorgarlik tadbirlari hamkorlikdagi kuç tuzilmalarini keng jalb qilgan holda taşkil etildi. AQŞ, Hindiston, Qozoğiston, Tojikiston, Qirğiziston armiyalari bilan hamkorlikda öquvlar ötkazilgan», – deyiladi axborotda.

Ma’lum qilinişiça, öquvlarda asosiy e’tibor zamonaviy janglarda yangi qöllanayotgan uçuvçisiz uçiş apparatlarini qöllaşga, ularga qarşi kuraşiş va boşqaruv mahoratini oşirişga, strategik, operativ va operativ-taktik böğinlarda bölinmalar tomonidan yangi taktik harakatlar özlaştirilişiga qaratilgan.

Şuningdek, 2024 yilda jangovar mutaxassislik böyiça Ozarboyjon, Qozoğiston va Turkmanistondan taşrif buyurgan harbiy xizmatçilar öqitilgan.

Foto: Oliy Majlis Senati

Vazirlikning «Avtomatlaştirilgan axborot tizimi va ma’lumotlar bazasi» axborot tizimining «Çaqiruv» tizim osti dasturi barça mudofaa işlari boşqarma va bölimlariga tatbiq qilinib, elektron ma’lumotlar almaşinuvi yölga qöyilgan. Şuningdek, IIVning «Manzil», Adliya vazirligi huzuridagi «Xorijga çiqiş pasporti», «Yoşlar balansi» hamda «Elektron hukumat» platformalari integratsiya qilinib, harbiy xizmatga majburlar va çaqiriluvçilarga oid ma’lumotlar elektron bazasi yaratilgan.

«Natijada mudofaa işlari organlarining fuqarolarga harbiy röyxatga kiritiş va undan çiqariş faol davlat xizmatlarini körsatiş imkoniyati yaratildi. Ularga oid ma’lumotlarni taqdim qiliş bilan boğliq masalalarda byurokratizm va boşqa tösiqlarga barham berilgan»,