Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolagan mahbuslarga bir martalik to‘lovlar bekor qilindi
RF bosh vaziri Mixail Mishustin urushda qatnashish uchun Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolaydigan mahbuslarga to‘lanadigan bir martalik pul mablag‘larini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
«Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlarida harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida shartnoma imzolagan kunda ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan fuqarolarga bir martalik pul mablag‘lari to‘lanmaydi», — deyiladi hujjatda.
Qaror 2025 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2022 yil noyabrda urush vaqtida Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolaganlar uchun bir martalik to‘lovlarni tasdiqlagan edi. 2024 yil iyulda shartnoma imzolaganlar uchun to‘lovlar 400 ming rublgacha ko‘tarilgan.
Avvalroq aldov yo‘li orqali Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzishga majburlanib, Ukrainadagi urushga yuborilgan 45 nafar Hindiston fuqarosi RF armiyasidan bo‘shatilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Shuningdek, Rossiya armiyasi adlov yo‘li bilan yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etishga yollagani ma’lum bo‘lgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yamanliklarga bir martalik 10 ming dollar va har oy 2 ming dollardan maosh va’da qilishgan.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026