O‘zbekiston | 13:25 / 30.07.2021
14696
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident mehnat migratsiyasiga oid qaror imzoladi

Foto: RIA Novosti

Prezidentning "Xorijga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.  

Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 sentyabrdan mehnat migrantlarining:

  • xorijiy tillar yoki kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish (BHM -bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobarigacha);
  • yo‘l-transport chiptasi (BHM 2 barobarigacha);
  • ishchi vizalarini rasmiylashtirish (BHM 5 barobarigacha) xarajatlarining bir qismi davlat hisobidan qoplab beriladi.

Ma'lumot uchun: hozirgi vaqtda BHM 245 ming so‘mni tashkil etadi.

Mavzuga oid