Pandemiyadan keyin Rossiyaga mehnat migrantlari oqimi tiklanmadi - OAV
Epidemiyaga qarshi cheklovlarning bekor qilinishi, ko‘plab mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, Rossiyada mehnat migratsiyasi miqdorini pandemiyadan oldingi darajaga olib chiqishi kerak edi.

Foto: RIA Novosti
Rossiyaga mehnat migratsiyasi koronavirus pandemiyasi tugaganidan bir necha yil o‘tib ham pandemiyadan oldingi darajaga qaytmadi. Bu haqda Ijtimoiy tahlil va prognozlash instituti ilmiy xodimi Yuliya Florinskaya tahliliga tayanib «Kommersant» yozdi.
Uning hisob-kitoblari Rosstat, Ichki ishlar vazirligi va FXX ma’lumotlariga asoslanadi. Muallif ta’kidlaganidek, epidemiyaga qarshi cheklovlarning bekor qilinishi, ko‘plab mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, Rossiyada mehnat migratsiyasi miqdorini pandemiyadan oldingi darajaga olib chiqishi kerak edi.
Umuman olganda, 2022 yilda Rossiyada xorijiy ishchilarning o‘rtacha yillik soni 3,47 million kishini tashkil etdi, bu pandemiyadan oldingi 2018-2019 yillardagi ko‘rsatkichdan (taxminan 4-4,5 million) sezilarli darajada past. 2023 yilda mehnat migrantlarining o‘rtacha yillik soni taxminan bir xil bo‘ldi, bu Rossiya mehnat bozoridagi barcha xodimlarning 4,5 foizini tashkil qiladi.
So‘nggi yillarda Rossiyaga mehnat migratsiyasi asosan Markaziy Osiyoning uchta davlati – O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistondan amalga oshirilmoqda. 2023 yilda Rossiyaga kirgan mehnat migrantlari orasida 87 foizdan ortig‘i ushbu uch davlatdan kelgan. «Ishlash» maqsadida migratsiya bo‘yicha ro‘yxatga olinganlar soni bo‘yicha statistik ma’lumotlar o‘xshash – bu yerda Markaziy Osiyolik migrantlar ulushi ham 2022 yilda qariyb 87 foizni, 2023 yilda esa 85 foizni tashkil qilgan (2019 yilda bu ulush 68 foiz bo‘lgan).
2022 yilda migratsiya uchun ro‘yxatdan o‘tgan xorijlik ishchilarning atigi 3 foizi, 2023 yilda esa 4 foizi uzoq xorij davlatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Avvalgidek, mehnat migrantlarini boshqalardan ko‘ra ko‘proq jalb etuvchi yetakchi Markaziy federal okrug bo‘lsa, ikkinchi o‘rinda Shimoliy-g‘arbiy federal okrug muhim farq bilan. Mintaqalar orasida ikki shahar (Moskva va Sankt-Peterburg), shuningdek, ularning viloyatlari yetakchilik qilishda davom etmoqda. So‘nggi bir necha yil ichida ular «ishlash» maqsadida kelgan migrantlarning yarmidan ko‘pini qabul qilgan (55-60 foiz).
Qayd qilinishicha, 2024 yilda Rossiyada mehnat qilayotgan migrantlar soni bundan ham kamroq bo‘lishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hollivud aktyori Vel Kilmer vafot etdi
Jahon | 12:40
-
Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari joriy etiladi
O‘zbekiston | 12:21
-
Toshkent shahar hokimligi yuridik boshqarmasi yuriskonsulti 70 ming dollar bilan ushlandi
Jamiyat | 12:11
-
Ukraina Yevropa Ittifoqidan yana 3,5 mlrd yevrolik yordam oldi
Jahon | 12:03
Mavzuga oid

20:47 / 27.03.2025
Panama Rossiya va Eron «maxfiy floti»ga aloqador 128 ta kemadan ruxsatnomani qaytarib oladi

20:42 / 27.03.2025
Yevropa davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishdan bosh tortdi

16:11 / 27.03.2025
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi sifati bo‘yicha dunyoda 64-o‘rinni egalladi

11:06 / 27.03.2025