Erdo‘g‘an Turkiya Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olmasligini aytdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olmasligini va Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
Erdo‘g‘an Turkiyaga tashrif buyurgan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan qo‘shma matbuot anjumanida shunday bayonot bergan.
“Turkiya Ukrainani mintaqamiz barqarorligi va xavfsizligini ta'minlash nuqtai nazaridan asosiy mamlakat deb biladi. Shuning uchun biz doimo Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlaymiz”, deya ta'kidlagan Erdo‘g‘an.
Turkiya rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Anqara yarimorolning “qo‘shib olinishini” tan olmaydi va Ukraina bilan birgalikda “Qrim tatarlarini qo‘llab-quvvatlaydi”.
O‘z navbatida, Zelenskiy Erdo‘g‘anga yarimorolni Ukrainaga qaytarishga qaratilgan Qrim platformasi loyihasida ishtirok etishga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirgan.
Mavzuga oid
16:43 / 06.11.2024
Erdo‘g‘an turkiyzabon davlatlarni umumiy alifboga o‘tishga chaqirdi
21:46 / 30.10.2024
Erdo‘g‘an kurdlarni «Turkiya asrini» birgalikda qurishga chaqirdi
00:08 / 30.10.2024
Turkiya tashqi tahdidlarning oldini olish uchun yangi harbiy platformalar yaratadi
11:30 / 26.10.2024