Turkiy davlatlar taşkilotining (TDT) Bişkekdagi yiğilişida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan hamkasblarini umumiy alifboga ötiş böyiça qaror qabul qilişga çaqirdi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Uning eslatişiça, sentabr oyida Bokuda TDT komissiyasi 34 ta harfdan iborat lotin alifbosidagi umumiy alifbo böyiça kelişib oldi va «bu tarixiy voqea böldi».
«Bizning umumiy alifbomiz ham kelajakni birgalikda qurayotganimizdan dalolatdir. Endi iştirokçi davlatlar uşbu alifbo asosida kerakli transformatsiyani amalga oşirişi kerak. Turkiya, Ozarboyjon va Şimoliy Kipr yagona turkiy alifboga ötişga tayyor. Qirğiziston, Qozoğiston, Özbekiston va Turkmaniston yangi alifboga ötiş yölida qadam taşlaşi maqsadga muvofiq bölardi», dedi Rajab Toyyib Erdöğan.
Şu yil sentabr oyida Ozarboyjonda ötkazilgan turkiy davlatlar olimlari yiğilişida Xalqaro turk akademiyasi va Turkiy davlatlar taşkiloti (TDT) tomonidan tuzilgan Turk dunyosi umumiy alifbo komissiyasi 34 harfdan iborat umumiy turk alifbosi böyiça özaro kelişuvga erişgan edi.












