Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada Xalq qabulxonasining mas’ul xodimi pora bilan ushlandi
Shuningdek, «Energosavdo» filiali Surxondaryo viloyati Oltinsoy tuman bo‘limi boshlig‘iga jinoyat ishi ochildi.
Foto: DXX
Surxondaryoda energetika sohasining mansabdor xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi DXX.
Qayd etilishicha, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ «Energosavdo» filialining Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tuman bo‘limi boshlig‘i tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi bosh mutaxassisi bilan til biriktirib, paxta yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning elektr energiyasidan qarzdorligi bo‘lsa-da, uni umumiy foydalanishda bo‘lgan elektr tarmog‘iga qayta ulab berish va elektron hisoblagichni qaytarib berish evaziga 5 mln so‘m talab qilgan.
DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston tumani Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi 1965 yilda tug‘ilgan fuqaroning kredit qarzdorligi bo‘yicha tuman Majburiy ijro bo‘limida unga nisbatan yuritilgan ijro hujjatini tanishlari orqali yo‘q qilib berish evaziga 5 million so‘m olgan vaqtida DXX, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozir mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
17:52 / 24.12.2025
Prezident Surxondaryoni investitsiya va aholi daromadi eng tez o‘sadigan hududga aylantirish vazifasini qo‘ydi
22:32 / 23.12.2025
“Kun.uz’da chiqqan video sabab orzumga erishdim” – Harvard grantini yutgan qiz
19:42 / 21.12.2025