Dunyodagi eng ifloslangan 20 ta şahardan 13 tasi joylaşgan, kamida 140 million odam me’yordan 10 baravar xavfli havodan nafas olayotgan, aholisining öpkasi çekmaydigan yevropaliknikiga qaraganda 30 foizga zaifroq işlaydigan Hindiston – Kun.uz jurnalisti nigohida.

Dunyoning eng ifloslangan şaharlari röyxatidagi Dehli, Mumbay va Kalkutta şaharlarida bu falokat sabablari bir-biridan farq qiladi. Demak, örganişlarimizni poytaxtdan boşlaymiz.

Dehlini yuqoridan tomoşa qilsangiz, tumanga öxşaş xiralik bor – tutunmi, çangmi farqlolmaysiz. Töyib nafas olişga nimadir xalal beradi. Kuni bilan çarçoq, uyquga töymaslik, holsizlik va kutilmagan boş oğriği sizga hamroh böladi. Soğlom odamning bu holatga tuşişida, albatta, toza havo – kislorodning yetişmasligi eng katta sabab.

Sun’iy intellekt ham “Bugungi Hindiston havosini tasvirlab ber” degan topşiriğimizga ekologiyasi buzilgan şaharlarning suratlarini taqdim etdi.

Uning bugungi Özbekiston haqidagi tasavvurlari ham Hindistonçalik bölmasa-da, biroq suratlardan körinib turibdiki, u qadar ijobiy ham emas. Xulosa qilişga undaydi kişini.

Hindistonliklar qanday fikrda?

Statistik raqamlarga ötişdan oldin Hindistondagi havo ifloslanişi haqida “Hindistonliklar qanday fikrda?” degan savolga javob oliş maqsadida oddiy rikşa haydovçisi bilan qilgan yöl-yölakay suhbatimizdan bir parça keltiramiz: