Hindiston Pokistonda röyxatdan ötgan samolyotlar uçun havo makonini yopmoqda. Çeklovlar 30 apreldan kuçga kirdi va 23 mayga qadar amalda böladi.

India TV’ga köra, Pokiston samolyotlari uçun havo makonining yopilişi töğrisida NOTAM uçuvçilari uçun möljallangan aviatsiya xabarnomasida söz boradi. Telekanalning aniqlik kiritişiça, Hindiston hukumati bu qarorni Pokiston bilan munosabatlarning keskinlaşuvi fonida qabul qilgan.

Pokiston tomoni Hindiston samolyotlari uçun öz havo makonini 24 aprelda yopgan edi. Mamlakat hukumati, şuningdek, 2 mayga qadar ikki yirik şahar — Islomobod va Lahor ustidan barça turdagi havo kemalari uçib ötişini çeklagan.

Hindiston va Pokiston örtasidagi munosabatlar uruş yoqasiga kelib qolgan. 22 aprel kuni Hindistonning Jammu va Kaşmir ştatidagi sayyohlar orasida maşhur bölgan Paxalgam şahrida qurollangan jangarilar 26 kişini öldirdi. Uşbu terakt uçun Kaşmirning Pokiston nazorati ostidagi hududida joylaşgan jangarilar guruhi javobgarlikni öz zimmasiga oldi. Hindiston hukumati hodisa yuzasidan qisman aybni Pokistonga yukladi. Şundan söng Hindiston Pokiston bilan çegarani yopdi va Pokiston fuqarolaridan mamlakatni tark etişni talab qildi.

Avvalroq Pokiston axborot vaziri Attaulloh Tarar Islomobodda Hindiston yaqin 24-36 soat içida Pokistonga harbiy zarba berişga tayyorlanayotgani haqida «işonçli ma’lumotlar» borligini aytib çiqqandi.