O‘zbekiston | 11:07 / 15.05.2021
1979
2 daqiqa o‘qiladi

Murat Kamalov onkologiya va radiologiya markazidagi bemor bolalar holidan xabar oldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Murat Kamalov Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston filialida bo‘ldi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi.

Murat Kamalov dastlab filialdagi studiya orqali prezidenti rahbarligida onkologiya tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qatnashgan.

Yig‘ilishda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi so‘zga chiqqan. U Qoraqalpog‘istonda onkologik va gematologik kasalliklarni aniqlash va davolash, ularning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada uchrayotgan kamchilik va muammolarga batafsil to‘xtalib o‘tgan.

Shundan so‘ng, Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston filialida bemorlarning davolanishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan.

Murat Kamalov bolalarning ota-onalari va filial mutaxassislari bilan suhbatlashib, ularning fikr va takliflarini, muammolarini tinglagan. Mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berdi, deyiladi Jo‘qorg‘i Kenges axborotida.

Mavzuga oid