O‘zbekistonda akademik litseylarga qabul boshlandi
Qabul jarayonlari 10 iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.
Bugun, 10 iyundan 2024-2025 o‘quv yili uchun akademik litseylarga umumta’lim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlandi.
Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga, quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklash lozim:
3,5x4,5 sm o‘lchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
o‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar - fan olimpiadasi g‘olibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumta’lim fanlarni bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud bo‘lsa).
Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda:
- o‘zlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yo‘nalishini tanlashi (bunda ta’lim tili bir xil bo‘lishi kerak);
- va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.
Abituriyent o‘zi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
Qabul jarayonlari 10 iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.
Ma’lumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylari uchun hujjatlar litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Mavzuga oid

10:03 / 01.01.2025
1 yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi

14:50 / 06.08.2024
Magistratura uchun rad etilgan arizalarni tahrirlashga qo‘shimcha muddat berildi

11:00 / 01.08.2024
1-sinf uchun mikrohududdan tashqari maktablarga qabul boshlandi

14:56 / 01.07.2024