Mikrohududdan taşqari maktablarning 1-sinfiga qabul 1 avgust kuni soat 11:00 da boşlandi. Ota-onalar farzandini böş örinlarga joylaştiriş uçun my.maktab.uz platformasiga ariza yuborişlari mumkin. Bu haqda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, arizalar yuborilgan vaqt ketma-ketligida qabul qilinadi. Belgilangan kvotaga mos ravişda arizalar qabul qilingandan söng qabul jarayonlari avtomatik tarzda töxtatiladi.
Bola mikrohududdan taşqari maktabga qabul qilinganidan söng, mikrohudud böyiça avval yuborilgan arizasi asosiy maktabga avtomatik ravişda ötkaziladi.
Eslatib ötamiz, 2024-2025 öquv yili uçun mikrohudud doirasida 1-sinfga qabul 20 iyundan boşlangandi. Reglamentga köra, qabul 2 bosqiçda amalga oşirilgan.











