O‘zbekiston | 09:30 / 18.03.2024
2839
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“O‘zbekinvest” kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tizimli ravishda olib bormoqda

Xodimlarni malakasini oshirish - “O‘zbekinvest” kompaniyasining asosiy rivojlanish strategiyasidir. “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi bir necha yillardan buyon respublikaning sug‘urta bozorida yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda va bu mavqega erishishda kompaniyaning xodimlarni uzluksiz o‘qitish tizimi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Foto: O‘zbekinvest

O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilingan 2023 yilda “O‘zbekinvest” kompaniyasi tomonidan sug‘urta sohasida tahsil olayotgan talabalarning sug‘urta ishi bo‘yicha ilmiy salohiyati va amaliy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha faol ishlar davom ettirildi. Talaba yoshlarning sug‘urta sohasi bo‘yicha ilmiy salohiyatlarini va sug‘urta biznesidagi amaliy ko‘nikmalarini oshirish, kasbiy tayyorgarlik sifatlarini takomillashtirish, ilmiy izlanish faoliyatini rag‘batlantirish va iqtidorli talabalarni kompaniyaga saralab olish maqsadida 2023 yil sentabr oyida “O‘zbekinvest” aksiyadorlik jamiyati bosh ofisi binosida Toshkent moliya institutining “Sug‘urta ishi” kafedrasi filiali ochildi.

Xodimlar uchun doimiy faoliyat yuritib keluvchi “Sug‘urta maktabi” va rahbar xodimlar uchun - “Sug‘urta akademiyasi” doirasida 2023 yil davomida xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish bo‘yicha 45 ta treninglar tashkil etilib, ularda 3100 dan ortiq ishtirokchilar tahsil oldilar.

2023 yil aprel oyida Vashington universiteti tomonidan ishlab chiqilgan dastur asosida “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining 11 nafar hududiy filiallari rahbarlari Sietl shahrida malaka oshirdilar.

2023 yil iyun oyida kompaniya tuman bo‘linmalarining 32 nafar eng yaxshi natijalarga erishgan rahbarlari Praga shahridagi G‘arbiy Bogemiya universiteti (Chexiya)da “Sug‘urta” kursi bo‘yicha malaka oshirish kursini tamomladilar.

Shuningdek, 2023 yil avgust oyida Istanbuldagi Turkiya sug‘urta institutida kompaniyaning hududiy filiallari rahbarlari uchun malaka oshirish kursi bo‘lib o‘tdi.

2024 yilda “O‘zbekinvest” kompaniyasi xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettiradi, shuningdek, kompaniyaning Sug‘urta maktabi va Sug‘urta akademiyasi doirasida yangi zamonaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqishni rejalashtirgan.

Koll-markaz: (+998) 71−207−60−00, 1160

Sayt | Facebook |Instagram | Telegram | YouTube

Mavzuga oid