29 oktabr kuni 1688 yilda taşkil etilgan va jahon tijorat suğurtasi va qayta suğurtalaş bozorining 20 foizini qamrab olgan hamda 2023 yilda yalpi mukofotlar hajmi 66,3 milliard AQŞ dollarini taşkil etgan Lloyd’s of London boş qarorgohida joylaşgan The Old Library tarixiy zalida “Iqtisodiyoti ötiş davridagi mamlakatlar suğurta bozoridagi dominant tendensiyalar. Özbekiston tajribasi” mavzusida taqdimot bölib ötdi.

Taqdimot 1907 yilda taşkil etilgan London suğurta instituti (The Insurance Institute of London) kömagida taşkil etildi. Taqdimot bilan “Özbekinvest” kompaniyasining Global qayta suğurtalaş va xalqaro aloqalar markazi direktori Anvar Umarov taniştirdi.
Taqdimot rivojlanayotgan bozorlar bilan hamkorlik qilişdan manfaatdor bölgan xalqaro suğurta, qayta suğurtalaş, brokerlik va qaltisliklarni boşqariş böyiça mutaxassislarning keng auditoriyasini jalb qildi hamda xorijiy suğurtaçilar, qayta suğurtalovçilar, brokerlar va matbuot vakillarida katta qiziqiş uyğotdi.
Taqdimotda foydalanilgan materiallar “Özbekinvest” boş direktori Rustam Azimovning 2024 yil avgust oyida Proud Pen (Buyuk Britaniya) naşriyot uyida çop etilgan “Transformation of the Insurance Business in Countries with Transition Economies (Based on Uzbekistan Experience)” nomli monografiyasiga asoslandi.

Taqdimotda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahnamoligida boşlangan va amalga oşirilayotgan tizimli islohotlar asosida 2017 yildan buyon jadal rivojlanayotgan Özbekiston iqtisodiyoti va suğurta bozori jadal sur’atlar bilan ösib borayotganiga alohida e’tibor qaratildi. Keng kölamli islohotlar iqtisodiyotning muhim yönalişlarini qamrab olgan bölib, bu suğurta bozorini yuksaltiriş va modernizatsiya qiliş, uni xalqaro standartlarga moslaştiriş, xorijiy investorlar va şeriklar işonçini oşiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş imkonini berdi. Uşbu özgarişlar tufayli mamlakat xalqaro hamkorlar uçun oçiq böldi, bu investitsiyalar oqimini, işbilarmonlik muhitini yaxşilaşni va moliya sektorini, şu jumladan yillik ösişi 40 foizdan ortiq bölgan va jahon suğurta bozori bilan integratsiya bölayotgan suğurta bozorini faol rivojlantirişni rağbatlantirdi.
Şuningdek, “Özbekinvest” kompaniyasi faoliyati, jumladan, uning strategik taşabbuslari va Özbekiston suğurta bozorini rivojlantirişdagi örni haqida ma’lumot berildi.











