O‘zbekiston | 09:00 / 03.10.2024
3690
3 daqiqa o‘qiladi

Londondagi Chartered Insurance Institute “O‘zbekinvest” kompaniyasiga Xalqaro professional hamkor tashkilot maqomini berdi

2024 yil iyun oyida “O‘zbekinvest” kompaniyasi delegatsiyasining Londonga tashrifi davomida 1912 yilda tashkil etilgan, sug‘urta biznesidagi malakasi va sertifikatlari butun dunyoda e’tirof etilgan jahon ta’lim muassasasi - Chartered Insurance Institute bilan hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Foto: O‘zbekinvest

Erishilgan kelishuvlarga muvofiq Singapur menejmentni rivojlantirish institutining (MDIST) Toshkent shahridagi filiali qoshida Chartered Insurance Institute akkreditatsiyalangan malaka oshirish markazini (APDC) tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.  

4 ta o‘quv moduli tanlanib kelishib olindi, o‘quv materiallari xarid qilindi va MDIST o‘qituvchilarini Chartered Insurance Institute tomonidan o‘qitish yakunlanmoqda, bu esa 2024 yil dekabr oyi boshidan O‘zbekiston sug‘urta bozori mutaxassislari uchun o‘quv jarayonini boshlash imkonini beradi.

“O‘zbekinvest” kompaniyasining faolligi va sug‘urta sohasiga xalqaro kadrlar tayyorlash standartlarini joriy etish jarayoniga qo‘shgan katta hissasini inobatga olib, Chartered Insurance Institute kompaniyaga rasman Xalqaro professional hamkor tashkilot (IPPF) maqomini berdi.

Ushbu maqom “O‘zbekinvest” kompaniyasining yuqori professional standartlarga rioya etishi hamda uning sug‘urta sohasida doimiy rivojlanish va takomillashtirishga intilishini tasdiqlaydi.

Bugungi kunda Chartered Insurance Institute bilan Xalqaro professional hamkor tashkilot maqomiga ega kompaniyalar Lockton Insurance Brokers, Inc. (AQSh), Arma Underwriting Ltd. (Buyuk Britaniya), City Marine Insurance Brokers, AHR Group (BAA) va boshqalar kabi 15 ta yetakchi xalqaro kompaniyalarni o‘z ichiga oladi. 

Xalqaro professional hamkor tashkilot maqomi “O‘zbekinvest” nufuzli, xalqaro miqyosda tan olingan hamda yuqori professional standartlar va axloq qoidalariga amal qiluvchi sug‘urta kompaniyalari bilan bir qatorda ekanligini ko‘rsatadi.

Chartered Insurance Institute Xalqaro professional hamkor tashkilot maqomining asosiy afzalligi shundaki, bu maqom quyidagilarga yordam beradi: 

- Chartered Insurance Institute Axloq kodeksi asosida kompaniya faoliyatining xalqaro axloqiy va kasbiy standartlarga muvofiqligini tan olish orqali kompaniyaga bo‘lgan ishonchni oshirish;

- kompaniyaning "Assess" ta’lim platformasiga kirish yo‘li bilan uzluksiz o‘qitish va malakasini oshirish siyosati orqali xodimlarni rivojlantirishi;

- xodimlarning kasbiy mahoratini oshirishga va kompaniyaning xalqaro miqyosdagi mavqeini mustahkamlashga yordam beradigan Chartered Insurance Institute standartlari va dasturlariga muvofiq mutaxassislarni tizimli ravishda malakasini oshirish.

Koll-markaz: (+998) 71−207−60−001160

Sayt | Facebook |Instagram | Telegram | YouTube

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid