Jamiyat | 14:23 / 27.08.2021
14639
2 daqiqa o‘qiladi

Mahkumlarning qarindoshlari bilan uchrashuvlariga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi

Sog‘liqni saqlash vazirligi mahkumlar va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning qarindoshlari bilan qisqa muddatli uchrashuvlariga epidemik vaziyat sabab qo‘yilgan cheklovlar bekor qilingani haqida xabar berdi.

«Koronavirus infeksiyasi yanada keng tarqalishining oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining joriy yil iyul oyidagi qarori bilan jazoni ijro etish koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar hamda tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarga qarindoshlari bilan uzoq muddatli uchrashuv berilishi vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Keyinchalik mamlakatdagi epidemik vaziyatni hisobga olib, ular o‘rtasida koronavirus tarqalib ketishining oldini olish maqsadida qisqa muddatli uchrashuv berilishini vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risidagi takliflar ham ma'qullangandi.

Co‘nggi kunlarda mamlakatimizdagi epidemik holat barqarorlashayotganini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan jazoni ijro etish koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar hamda tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar bilan qisqa muddatli uchrashuvga qo‘yilgan vaqtinchalik taqiqlar bekor qilindi», deyiladi xabarda.

IIV Jazoni ijro etish departamenti shu yilning 6 iyulidan jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning yaqin qarindoshlari bilan uzoq va qisqa muddatli uchrashuvlari vaqtincha to‘xtatilgani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid