Elektr energiyasini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi 2021 yildan ishga tushiriladi
![](https://storage.kun.uz/source/6/BoY_qJADLbMNanm5D_YCPhJpFz3EcOsu.jpg)
Vazirlar Mahkamasi “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.
Prezidentning 9.07.2019 yildagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida o‘zaro hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5761-son farmonini amalga oshirish, shuningdek elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish maqsadida:
• elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (EHNAT) “ishlab chiqarish - podstansiya - taqsimlash punkti - transformator podstansiyasi - iste'molchi” zanjiriga asoslanadi;
• hisoblagichlar birinchi navbatda yirik iste'molchilar va tadbirkorlik sub'yektlarida o‘rnatiladi;
• aholi yashash punktlarida barcha iste'molchilarga, taqsimlash punktlari va transformatorlarga hisoblagich va konsentratorlar bir vaqtning o‘zida o‘rnatiladi;
• avtomatlashtirilgan tizimni o‘rnatish va foydalanish samaradorligini oshirish uchun joylardagi barcha xodimlarning ko‘nikma va malakasi oshiriladi.
Norma’ning xabar berishicha, hujjat bilan:
• elektr energiyasini hisobga olish uskunalari, konsentrator va butlovchi qismlar ishlab chiqarish va yetkazib berish grafigi;
• hududlarning shahar va tumanlari kesimida EHNATni joriy etish grafigi;
• EHNATni joriy etishni tashkillashtirish bo‘yicha hududiy hamda tuman va shaharlar bo‘yicha ishchi guruhlarning namunaviy tarkibi;
• hududlarda mutaxassislarni EHNATni joriy etish va foydalanishga o‘rgatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish grafigi tasdiqlandi.
Qaror bilan EHNATning joriy etilishini nazorat qilish, natijadorligini o‘rganish va tahlil qilish maxsus komissiyasi tashkil etiladi. Komissiya va ishchi guruhlarning amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobotlari xalq deputatlari tuman va viloyatlar Kengashlarida eshitiladi.
Energetika vazirligiga“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda loyihaning TIAni 2020 yil 1 noyabrga qadar yakunlash, 2021 yil 1 yanvardan boshlab esa hisobga olish tizimining uzluksiz ishlashi, elektr energiyasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirishni ta'minlash topshirildi.
Hujjat 29.09.2020 yildan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Tramp Putin va Zelenskiy bilan qo‘ng‘iroqlashdi. Asosiy ma’lumotlar
Jahon | 13:32
Toshkent bozorlarida patta narxi oshadi. Savdogarlar nima deydi?
O‘zbekiston | 19:32 / 10.02.2025
Sertifikatga ega o‘zbek tili o‘qituvchilariga ham 50 foiz ustama beriladi
O‘zbekiston | 16:36 / 10.02.2025
Quyosh energiyasi orqali daromad olish: O‘zbekistonda quyosh panellari bilan biznes faoliyati
O‘zbekiston | 15:00 / 10.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xaridlarni qanday tejash mumkin? GoBozor o‘zbekistonliklar uchun foydali yechimlarni taklif etadi!
Jamiyat | 19:00
-
Samarqandda avtobus ag‘darilishi oqibatida 22 kishi jarohatlangani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 18:59
-
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ilk bor 13 000 so‘mdan oshdi
Iqtisodiyot | 18:32
-
Tramp va Putin urushni tugatishni 1,5 soat muhokama qildi
Jahon | 18:32
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/GRJvygZVtkY69nXLoU_CcvNC29HJj0o-_medium.jpg)
10:42 / 09.02.2025
Toshkent shahrida 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan MChJ aniqlandi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/QGrZQT0uYkkyF2n_tm8lu2XHuNEakNAG_medium.jpg)
15:26 / 01.02.2025
Sanepidqo‘m faoliyati tartibi belgilandi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/FsqeMYMmbn7KY4V8_bom-9IWedzvce9a_medium.jpg)
13:17 / 01.02.2025
Oyda elektr: olimlar kosmik missiyalar uchun yadro reaktorini yaratdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/vPuMoT3eaH_AlqkhioBj7Z4a_3jEzu4e_medium.jpg)
18:17 / 30.01.2025