Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sadoqat - qalbdagi nihol
Haqiqiy sadoqat sekin o‘sadigan o‘simlikka o‘xshaydi. Ekishdan avval yerni, ekiladigan niholni tanlash lozim bo‘ladi. Inson qalbini yer desak, sadoqat nozik niholdir. U avaylab ekiladi. Toki yer – qalbga ham, nihol – sadoqatga ham shikast yetmasin. Bu niholni o‘z holiga erkin qo‘yish yoki haddan ortiq siquvda ushlash ham yaramaydi. Sadoqat e'tiborni, ayni paytda erkinlikni xush ko‘radi. Eng asosiysi, u bilan munosabatda sabrli bo‘lish talab etiladi. Sadoqat sekin o‘sadi, muhimi – uni tashqi ta'sirlardan asrash. Shuning uchun ham bu nihol ichkariga – qalbga ekiladi. Uni Ollohdan va o‘sha sadoqat egasidan boshqasi ko‘rmaydi.
YouTube’da ko‘rish
Facebook'da ko‘rish
Audio versiyasini tinglash
Umuman, bu dunyoda hamma ish sabrni talab etadi. Qoidaga amal qilish bilan tashvishlar chekinishi, bu dunyoda muammosiz bitgan ish balki Oxiratda ham tez bitishi mumkin. Ammo bu dunyoda qaysi ish sabr bilan sekin amalga oshsa, Oxiratda natijasi go‘zal va tuganmas bo‘lishi aniq. Sadoqat sotib olinmaydi. Sadoqat Tangrining nazari tushgan qalblarga o‘rnashadi. Zero, sadoqati yo‘qning qalbi yaroqsiz bir matohdir.
Zahiriddin Mansur