O‘zbekiston | 17:00 / 30.10.2025
10220
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga keyingi hafta sovuq va nam havo oqimlari kirib keladi

O‘zbekistonda noyabr oyi boshida havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda. 3 noyabr kuni respublika hududiga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi. Kechalari harorat 0…+3 darajani tashkil etadi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda noyabr oyi boshida havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar qildi.

Xususan, 3 noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 46 noyabr kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.

35 noyabr kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi.

46 noyabr kunlarida esa havo harorati asta-sekin pasayadi va kechalari 0…+3 darajani tashkil etadi, ba’zi joylarda sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari +8…+13 darajagacha bo‘ladi.

Mavzuga oid