Bosh vazir Qo‘qon shahrida tadbirkorlarni qabul qildi

Foto: KUN.UZ
Bosh vazir Abdulla Aripov Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tashkil etilgan tadbirkorlar qabulxonasi faoliyati bilan tanishdi va shu yerning o‘zida bir guruh tadbirkorlarni qabul qildi.
Kun.uz manbasi xabar berishicha, chetga tuxum eksport qilish, mato va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish uchun tijorat banklaridan imtiyozli kredit olish, oshxona va ro‘zg‘or buyumlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan xomashyoni xorijiy valutaga import qilish singari qator masalalarda yuzaga kelayotgan ayrim muammolar bo‘yicha jami 17 murojaat qabul qilindi. Shundan 9tasi joyida o‘z yechimi topgan bo‘lsa, 5tasiga yo‘nalish va tavsiyalar ko‘rsatildi, 3tasini hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
«Qabulxona faoliyati bilan tanishdim. Zamonaviy qulayliklarga ega, barcha sharoitlar yaratilgan. Bu ham kerak, albatta. Lekin, asosiy e'tiborni bu yerga kelgan tadbirkorning mushkulini yengil qilishga, ularning masalasini ijobiy hal etishga qaratish kerak. Chunki, tadbirkorning faoliyati rivojlansa, tarmog‘i kengayadi, yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Prezidentimiz ta'kidlaganidek, tadbirkor boy bo‘lsa xalqimiz ham boy bo‘ladi», dedi bosh vazir.
Eslatib o‘tamiz, hukumat rahbari 19 may kuni Parkent tumanida bir guruh tadbirkor va investorlarni qabul qilgan. Jami 11 murojaat qabul qilingan, 8tasi joyida o‘z yechimi topgan bo‘lsa, 3tasiga tushuntirish berilgan edi.
Mavzuga oid

18:38 / 12.06.2025
Avtofalokatda jabrlanganlarga 500 million so‘m zarar qoplab berildi

16:26 / 05.06.2025
Tojikistonda MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi

09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin

08:02 / 28.05.2025